ta ’sirlovchi ta ’sir etib turadi. Miya yarim sharlar po'stlog'ining shartli
reflekslar analitik sintetik faoliyati tufayli organizm shu xildagi murakkab
ta ’sirlovchilarga moslashadi. Organizmning murakkab shartli refiektor
faoliyatiga misol qilib kompleks shartli reflekslarni olish mumkin. Bu
miya yarim sharlari po'stlog'ining yanada m urakkab faoliyati bo'lib,
shartli refiektor faoliyati yoki dinamik stereotip hisoblanadi.
D inam ik stereotip deb, m a ’lum bir vaqtda shartli reflekslarning
uzluksiz ravishda tartib bilan kelishi va nerv sistemasida shu ta ’sirga javob
qaytarilishiga aytiladi.
Boshqacha aytganda, u bir neeha yillar davomida
shartli reflekslarning izchillik bilan kelib, miya po'stlog'ida qo'zg'alish
va tormozlanish jarayonlari hosil qilishidir. Dinamik stereotip har bir
odam uchun o'ziga xosdir. Dinamik streotip
qiyinchilik bilan shartli
reflekslarning qaytarilishi natijasida hosil bo'ladi. K o'pgina faoliyatlar
avtom atlashadi va uzoq vaqt saqlanadi. M asalan yurish, yugurish,
sakrash,
qoshiq bilan ovqatlanish, bir vaqtda uyg'onish, bir vaqtda dars
tayyorlash va h.k. Bularning hammasi boladagi ko'nikm alar bo'lib uning
asosida miya po'stlog'idagi dinamik streotipning hosil bo'lishi yotadi.
Dinamik streotip bola va o'smir xulqining asosini tashkil etadi.
M aktab yoshidagi bolalar bosh miya yarim sharlari p o 'stlo g 'id a
dinamik stereotip hosil bo'lishining dinamik jarayonlarini tekshirish faqat
nazariy emas, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Masalan,
d arslarn i fiziologik asoslard a tash k il etish, kun ta rtib in i tuzish,
ovqatlanish, mehnat va dam olish va hokazolar o'quvchilar
hayotida
dinam ik stereotipni vujudga keltirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Bolaning bir maktabdan boshqa maktabga borishi, bir sinfdan boshqa
sinfga o'tishi, o'qituvchi yoki tarbiyachilarning tez-tez o'zgarib turishi
va b o shq alar natijasid a streotip o'zgarad i.
Bu nerv sistem asining
zararlanishiga olib keladi.
IVBOB.
OLIY NERV FAOLIYATINING YOSH XUSUSIYATLARI
Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Bosh miya yarim sharlari va
ularning p o 'stlo g 'i markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bo'lib
hisoblanadi. Odamning xulqi, idroki,
fikrlashi, ongi va barcha ruhiy
hususiyatlari oliy nerv faoliyati bo'lib, u bosh miya yarim sharlari va ular
po'stlog'ida joylashgan nerv markazlarining normal funksiyasiga bog'liq.
75
www.ziyouz.com kutubxonasi
Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namoyon bo'ladi.
Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog'lanishini, uning har xil
sh aro itg a m oslashuvini t a ’m inlaydi. O dam ning b arch a ix tiyoriy
harakatlari, fikrlashi va ruhiy holatlari reflekslar orqali sodir bo'lishini
m ashhur rus fiziologi I.M .Sechenov 1863-yilda yozgan “Bosh miya
reflekslari» deb nomlangan kitobida birinchi b o iib ko'rsatdi.
Uning
reflekslar haqidagi fikrini taniqli olim I.P.Pavlov yanada rivojlantirib,
shartli reflekslar haqidagi talim otni yaratdi. U odam ning oliy nerv
faoliyati shartli reflekslar orqali namoyon bo'lishini isbotlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: