G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Nerv tizimining gigiyenasi



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/201
Sana13.06.2022
Hajmi9,92 Mb.
#661588
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   201
Nerv tizimining gigiyenasi
O'sib kelayotgan yosh avlodning s o g iig in i saqlash masalasi keng 
m a’nodagi tushuncha b o iib o'quvchilarning charchashi - ya’ni, toliqishi 
va о 4a charchashining oldini olish vazifasini ham o'z ichiga oladi, bu 
esa birinchi navbatda o'quvchining o'ta toliqishiga yo'l qo'ymaslik bilan 
bog'liqdir. Bu masala maktabdagi pedagoglar, tibbiyot xodimlari va ota- 
onalarning diqqat markazida turishi lozim. «Malctab kasalliklari» deb 
ataluvchi kasalliklarning oldini olish hozirgi vaqtda o'quvchilar tarbiyasi 
bilan shug'ullanuvchi har bir kishining asosiy vazifasidir.
Zamonaviy o'qitish jarayoni o'quvchiga axborot berishning yangi shakl 
va usullarini q o ila m o q d a , y a ’ni bilim berishning sam aradorligini 
o shirishiga q a ra tilg a n tex n ik a v o sita la ri va yangi in n o v a tsio n
texnologiyalaridan keng foydalanilm oqda. N atijad a o'quvchining 
darsdagi faoliyatini bir muncha faollashtirishga erishildi.
Shuni t a ’k id lash k erak k i, hozirgi zam on sh a ro itid a m a k ta b
o'quvchisiga optimal o'quv nagruzkasini belgilash muhim dolzarb vazifa
101
www.ziyouz.com kutubxonasi


hisoblanib, birinchidan, o'quv rejasida belgilangan bilimlarni o'quvchi 
o'zlashtirishi ko'zda tutilsa, ikkinchidan, o'quvchining o'z shaxsi ehtiyoji 
uchun ham yetarli vaqt ajratiladi. Eng muhimi, o'quvchining jismoniy 
rivojlanishiga, ish faoliyatiga va salom atligiga salbiy t a ’sir etuvchi 
omillaming oldi olinadi.
O 'quv yuklamasining pedagogik va gigiyenik jihatlarini o'rganish, 
toliqishning oldini olish yo'llarini izlab topish pedagogilca fani va maktab 
o'qituvchilari oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
O dam organizm ining barcha to 'q im a va organlaridagi hayotiy 
jarayonlar, ularning ishi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.
Odam tug'ilganidan boshlab butun umri davomida aqliy va jismoniy 
faoliyatining takomillashuvi, y a ’ni, tarbiyalanishi, bilim olishi, hunar 
o'rganishi miya po'stlog'idagi nerv markazlarinint funksional holatiga 
bog'liq. Miyaning faoliyati ikki xil sababga k o 'ra susayishi mumkin. 
Birinchidan, miya to'qimasidagi tug'm a kamchiliklar, tug'ilgandan keyin 
har xil kasalliklar, shikastlanishlar oqibatida miya faoliyatining pasayishi; 
ikkinchidan, miyaning funksional kasalliklari, ya’ni gigiyenik talablariga 
rioya qilmaslik natijasida miyaning zo'riqishidan nevroz, y a’ni asab 
kasalliklari paydo bo'lishidir.
Ko'pincha ota-onalar va o'qituvchilar o'quvchi xulqida va holatida 
aqliy charchash alomotlarini sezsalar, e’tibor bermaydilar, chunki bu 
o'zgarishlar, vaqtinchalik bo'lib, tez o'tib ketadi. Lekin bular bolada 
boshlanyotgan surunkali charchoqlikning birlamchi belgilari bo'lib, 
«astenik sindrom» deb ataladi va bu kasallik markaziy nerv sistemasi 
faoliyati buzilishining bir turi hisoblanadi. Kasallik belgilarning paydo 
bo'lishi va kechishi darajasiga qarab astenik sindrom shartli ravishda bir 
necha bosqichga ajratiladi.
Birlamchi - giperstenik bosqichda serzardalik, o 'ta ta ’sirchanlik, o'zini 
tu ta bilm aslik, besabrlik kabi belgilar paydo b o 'lad i. B olalar faol 
bo'lishadi, ammo ularning faoliyatida tartib bo'lmaydi. U lar tinimsiz 
bo'lib, biror ishni oxirigacha diqqat-e’tibor bilan bajara olmaydilar, 
ozgina muvaffaqiyatsizlik ular faoliyatini izdan chiqarib yuboradi. Ular 
qiynalib uyquga ketishadi, bezovta uxlashadi, ko'p tush ko'rishadi.
Agar o'z vaqtida chora ko'rilib, kasallik sabablari bartaraf etilmasa, 
kuchayib, ikkinchi bosqichga o'tib ketadi. Bunda o 'ta ta ’sirchanlik va 
jizzakilik, toliqish bilan birga kechadi. Bolaning ish faoliyati kuchli 
boshlanib, birdan pasayib ketadi. Jaxildorlik, yom on kayfiyat va
102
www.ziyouz.com kutubxonasi


o d am ov ilik b ilan alm ash inadi. B unda o 'q u v c h i yozgan p a y tid a
boshqalarga nisbatan gram m atik xatolarni k o 'p ro q qiladi. B a’zida 
duduqlanish, kamgaplik, tunda siydik tuta olmaslik ya’ni enurez holatlari 
yuzaga chiqadi. Bundan tashqari so'zlardagi harflarni ham tushirib 
qoldiradi, yangi materialni qiyin o'zlashtiradi, lanjlik va bosh og'rish 
o'quvchi ish faoliyatini susaytiradi. Bunday holatlar paydo bo'lishiga 
ko'pincha o'tkir yuqumli kasallar bilan og'riganlik, ichki organlarnnig 
surunkali kasalliklari, bah o r va qish fasllarida bola va o 'sm irlar 
organizmida vitamin yetishmasligi, o'quv nagruzkasining ortib ketishi 
kabi omillar sabab bo'ladi. Albatta ko'p narsa maktab va oiladagi ruhiy 
muhitga bog'liq. Oilada ota-onalar o'rtasidagi janjallar, ichkilikbozlik, 
bolaga nazoratsizlik, oilalarning buzilib ketishi, bolalar va o'smirlar nerv 
sistemasi faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo'lsa, maktab va litseylarda 
o 'q itu v c h i b ilan o 'q u v c h i, ta la b a o 'rta s id a g i yoki o 'q u v ch i va 
talabalarning o'zaro kelishmovchiliklari, o'quvchilarning o'qituvchidan 
qo'rqib qolishi, bu kasallikning yuzaga chiqishiga turtki bo'ladi.
Nerv sistemasiga bog'liq bo'lgan bunday negativ holatlarni yo'qotish 
uchun ota-onalar, shifokorlar va pedagoglar birgalikda ish olib borib, 
uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etishga harakat qilishlari kerak. 
Buning uchun maktabda dars jadvallari va o'quv yuklamalari bolaning 
yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzilishi, o'quvchilar vitaminlarga 
boy, yuqori kaloriyali ovqatlar iste’mol qilishi, faol dam olishi, sof havoda 
sayr qilishi, tonusni kuchaytiradigan achchiq choy, kofe ichmasliklari 
kerak. O'qituvchilar o'quvchilar bilan, ularning xarakterini, hisobga olgan 
holda muomala qilishlari kerak.
M aktab o 'q uv ch ilari va litsey talab alari nerv tizim ida bunday 
kamchiliklarning yuzaga kelmasligi uchun 3-4 soatdan keyin yoki dars oxirida 
o'quvchilar uyga kelgandan keyin ularni dam oldirish katta ahamiyatga ega.
Shuni unutmaslik kerakki, aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchilarda 
zo'riqish alomatlari boshqalarga nisbatan ko'proq uchraydi va bu harakat 
faolligi (gipodinamiya) kamaygan sharoitda yorqin namoyon bo'ladi. 
Bu holat emotsional zo'riqish bilan birga qo'shilib, ko'pincha yurak- 
qon tomir kasalliklariga asab va endokrin tizimi faoliyatining, buzilishiga 
olib keladi. Bolalar va o'smirlarning shakllanayotgan yosh organizmi 
ayniqsa aqliy zo'riqish asoratlariga o 'ta sezgir bo'ladilar.
Bilim berishning am alda qo'llanilayotgan hozirgi o'quv dasturi 
o 'q u v c h in in g y uksak bilim olishiga va faol fik rlash ja ra y o n ig a
103
www.ziyouz.com kutubxonasi


m oijallangan b o iib , bolalar va o'sm irlardan kuchli aqliy emotsional 
mehnatni talab qiladi. O ikazilgan tadqiqotlar ko'rsatishicha, o'qishning 
ogirligi o'quvchilar salomatligiga salbiy ta ’sir ko'rsatadi, shuningdek, 
asab buzilishi, xulq-atvorda beqarorlik alomatlari paydo boiishiga olib 
keladi.
Aqliy mehnat (o'qish, yozish, fikrlash, masala yechish, dars tinglash 
va tayyorlash va hokazolar) asosan ko'rish, eshitish, organlari va ularning 
bosh miya pustlog'idagi markazlarining nerv hujayralarini bajaradigan 
ishidir.
Shunday ekan, o 'q u v c h ila r aqliy m ehnat gigiyenasining zaru r 
sh artla rin i: kun ta rtib ig a rioya qilish, fizk u ltu ra va sp o rt bilan 
shug'ullanish, o'quv va o'qishdan tashqari mashg'ulotlar uchun sharoit 
yaratish, bir faoliyatni ikkinchisi bilan almashtirib turish, spirtli ichimliklar 
ichmaslik, chekmaslik, zararli odatlarga berilmaslik va hokazolarni ongli 
ravishida bajarishga harakat qilishlari kerak.
V-BOB.
TA’LIM TARBIYA ISHLAR GIGIYENASI
T a’lim gigiyenasi o'qituvchiga bolalarning kamroq kuch sarf qilgani 
holda yuqori o'zlashtirishga erishuviga yordam berishga d a’vat etilgandir. 
Shuning uchun ta ’lim gigiyenasi muammolari jud a k o'p m asalalarni 
(o'quvchi va talabalar ishchanlik qobiliyatini oshirish, dars jarayonida 
sodir boiadigan charchash alomatlarini yo'qotish chora-tadbirlarini izlab 
topish, o'quv rejasi va dasturini gigiyenik jihatdan tahlil qilish, dars 
gigiyenasi, maktab, litsey va uydagi o'quv faoliyatining gigiyenasi, o'qitish 
gigiyenasi va boshqalar) o'z ichiga oladi.

Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish