II BOB. GENETIKADAN MASALA VA MASHQLAR YECHISH
I. MONODURAGAY CHATISHTIRISHGA OID MASALALAR.
1-MASALA.Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj (a) bilan ifodalanadi. Bunda
1) dastlab chatishtirilayotgan ota-ona formalar yoziladi:
BERILGAN:
A-gulsimon toj
a-oddiy toj
Gulsimon toj oddiy toj
P ♀AA x ♂aa
(gomozigotali) (gomozigotali)
2) Gametalar olinadi va mazkur gametalar o`zaro chatishtirilib F1 (birinchi avlod) duragaylarini hosil qilinadi.
YECHISH:
Genotip: ♀AA x ♂aa
Gametala A a
F1 Aa
F1 avlod duragaylar G.Mendelning I qonuniga muvofiq genotib va fenotip bo`yicha bir xil ajralish nisbatiga ega bo`ladi.
JAVOB: Genotip bo`yicha 100% Aa (geterozigotali), fenotip bo`yicha 100% (gulsimon toj)
F2ni aniqlash usuli.
1) Agar F1avlod o`zaro chatishtirilsa, qanday natija kutishimiz mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |