2-jadval.
Svop va fyuchers bitimlarining farqli jihatlari
Taqqoslash belgilari
|
Fyuchers
|
Svop
|
Bitim tuzilish hajmi
|
Standartlashgan
|
10 mlndan yuqori hohlagan summada
|
Belgilanadigan vaqti
|
Qat’iy belgilangan vaqtda
|
Hohlagan paytda.
|
Boshqarishning qiyinlik darajasi
|
Murrakab
|
Oddiy
|
Pozitsiyani tugatish
|
Qarama-qarshi bitim bilan.
|
Aksi yoki sotish.
|
Bitimni tugatish
|
birjada
|
Tijorat va investitsion banklar.
|
Valyuta fyuchers operatsiyalarining mohiyati shundan iboratki, bunda standartlashtirilgan miqdordagi chet el valyutasini shartnomalar asosida kelgusida ma’lum vaqtda AQSH dollariga almashinuv tarzida etkazilib beriladi. Lekin valyuta fyuchers shartnomalari ham, tovar fyuchers shartnomalari singari qayta-qayta sotilishi mumkin, ya’ni shartnoma ijro qilinish muddati kelgunga qadar bir haridordan ikkinchi haridorga o‘tib turadi. Fyuchers shartnomalari bilan savdo qilish jarayonida ikki qoidaga qat’iy rioya qilish muhim hisoblanadi: 1-qoida: valyuta kursining kelgusidagi o‘zgarishini ko‘ra bilish; 2-qoida: fyuchers shartnomasining amal qilish vaqtida valyuta kursining o‘zgarishini doimiy ravishda kuzatib borish.
Fyuchers shartnomasi egasi yuqoridagi qoidalar asosida valyuta bozorida nomaqbo‘l jarayon vujudga kelishi mumkinligini ko‘ra bilishi natijasida, shartnomadan o‘z vaqtida qutilish (ya’ni sotib yuborish) choralarini ko‘radi, aks holda u katta miqdorda zarar ko‘rishi muqarrar.
Valyuta fyuchers operatsiyalari ikki vazifani bajaradi: birinchidan, fyuchers shartnomalari investorlarga valyuta kursining bozordagi nomaqbo‘l ravishda o‘zgarishi tufayli vujudga keladigan riskdan himoyalanish imkoniyatini bersa, ikkinchidan, birjadagi broker va shu kabi qatnashchilarga fyuchers shartnomalari bilan savdo qilish natijasida foyda olishga yordam beradi.
YUqoridagi fikrdan shunday xulosa qilish mumkinki, agar valyuta kursi qanchalik o‘zgaruvchan (tebranuvchan) bo‘lsa, fyuchers bozorida himoyalanishga ehtiyoj shuncha ko‘p bo‘ladi. Valyuta kursining turli omillar ta’sirida tinmay o‘zgarib turishi natijasida yuzaga keladigan riskka javoban, ya’ni undan himoyalanish maqsadida valyuta fyuchers operatsiyalari joriy qilingan.
Valyuta fyuchers operatsiyalari amaliyotda keng qo‘llaniladigan forvard shartnomalarining bir ko‘rinishi hisoblanadi. Bu ikki shartnomalarning asosiy farqi shundan iboratki, forvard operatsiyalari birjadan tashqarida amalga oshirilsa, fyuchers shartnomalari esa tartibli birjalarda amalga oshiriladi.
Valyuta fyuchers operatsiyalari orqali xedjirlash usulini eksport-import bitimlari misolida ko‘rib chiqamiz.
Eksport-import operatsiyalari bilan faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniya YAponiyaning tashqi savdo firmasidan yirik partiyadagi yapon soatlarini sotib olish maqsadida muzoqaralar olib bormoqda, deb faraz qilaylik. YApon firmasi etkazib beriladigan soatlar uchun hisob-kitoblar YAponiyaning pul birligi hisoblangan ienada amalga oshirishni talab qilmoqda, chunki shartnomaga asosan yapon soatlari uchun hisob kitoblar yapon ienasida emas, AQSH dollarida amalga oshiriladigan bo‘lsa, u holda YAponiya kompaniyasi valyuta kursining tebranishi tufayli yuzaga keladigan risk natijasida moliyaviy talofatga uchrashi mumkin.
Tuzilgan shartnomaga ko‘ra har bir yapon soatining narxi 2850 ienadan belgilanib, 15000 dona soatni haridorga 7 oydan so‘ng 42750000 yapon ienasi miqdoridagi to‘lovni amalga oshirib berishi zarur bo‘ladi.
Quyida shartnoma tuzilgan kundagi AQSH dollarining yapon ienasiga almashtirish kurslarining joriy stavkalari keltirilgan:
1.Joriy naqd almashtirish kursi 0.004173
2. Iyun fyuchers shartnomasi bo‘yicha almashtirish kursi 0,004200
3. Sentyubr fyuchers shartnomasi bo‘yicha almashtirish kursi 0.004237
4. Dekabr fyuchers shartnomasi bo‘yicha almashtirish kursi 0.004265
YUqorida keltirib o‘tilgan kurslardan foydalangan holda, harid qilinayotgan yapon soatlarining qiymatini aniqlashimiz mumkin. Joriy almashtirish kursi bo‘yicha 1 AQSH dollari 0.004173 yapon ienasiga teng bo‘lgan sharoitda, harid qilinayotgan 15000 dona yapon soatining qiymati 178.396 AQSH dollariga ega bo‘ladi.
Agar fyuchers bozoridagi valyuta kurslarini bo‘lajak almashtirish kurslari deb qarasak, bunda AQSH dollarining yapon ienasiga nisbatan kursi pasayish ehtimoldan holi emas. Dekabr fyuchers shartnomasi bo‘yicha 1 AQSH dollari qiymati 0.004265 yapon ienasiga teng bo‘ladi deb olsak, u holda 15000 dona yapon soatining qiymati 182.329 AQSH dollariga teng bo‘ladi.
SHartnomaga asosan soatlarni etkazib berish va ular bo‘yicha hisob-kitoblar dekabr oyida amalga oshirilishini e’tiborga olsak, yapon soatlarini import qilayotgan kompaniya 178.396 AQSH dollari emas, balki 182.329 dollar to‘lashi zarur bo‘ladi, ya’ni import qiluvchi kompaniya valyuta kursining tebranishi natijasida 3933 AQSH dollari miqdorida zarar ko‘rishi ma’lum bo‘lib qoldi.
YUqorida ko‘rsatib o‘tkanimizdek, eksport-import operatsiyalari bilan faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniya va YAponiyaning tashqi savdo firmasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 15000 dona yapon soatlari noyabr oiyda etkazib berish ko‘zda tutilgan, shu sababli import qiluvchi kompaniya fyuchers bozorida ijro muddati dekabr oyida bo‘lgan valyuta fyuchers operatsiyalarini amalga oshirishga qaror qiladi. Buning sababi shuki, dekabr oyidagifyuchers shartnomasi ijro qilinadigan davrdagi valyuta kursi import qiluvchi kompaniya uchun zaruriyat tug‘ilgan davrda (ya’ni noyabr oyida) shakllangan “spot”, ya’ni real bozordagi valyuta kursiga juda yaqin turadi. Ikkinchidan, dekabr fyuchers shartnomalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning sarf-harajatlari boshqa davrdagi (ya’ni matr, iyun, sentyabr oylari) shartnomalari harajatlariga nisbatan ancha miqdorda kam bo‘ladi. Valyuta fyuchers shartnomasining miqdori 12500 ming yapon ienasi miqdorida standartlashtirilganligi bois import qiluvchi kompaniya navbatdagi muammoga duch kelishi mumkin, chunki 15000 dona yapon soatlari qiymatini to‘lash uchun unga 42750 ming yapon ienasi zarur, u holda u fyuchers bozorida 3 valyuta valyuta fyuchers bitimini amalga oshiridagan bo‘lsa, ularning umumiy miqdori 37500 ming yapon ienasiga, 4 ta valyuta fyuchersi bitimini tuzadigan bo‘lsa, ularning umumiy miqdori 50 mln yapon ienasiga teng bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |