oldingidan ko‘proq sevib qoldim. Sababi — unda g‘am-
anduh paydo bo‘ldi. Evoh, men g‘am-alamni azaldan
yaxshi ko‘rardim, lekin faqat o‘zim uchun. Ularga esa
rahmim kelib yig‘lardim. Men umidsizlikka tushib, o‘zimni
ayblab va la’natlab, ularga yuzlandim: «Bular hammasini
men, yolg‘iz mening o‘zim qildim, sizlarga fahshni,
marazni, yolg‘onni men, men olib keldim». Yana ularga:
«Meni xochga parchinlab qo‘yinglar», — deb yalindim va
xochni qanday yasashni o‘rgatdim. Men o‘zimni
o‘ldirolmasdim, bunga qurbim yetmasdi, men ular qo‘lidan
jabr ko‘rishni, bu qiynoqlarda qonim so‘nggi
tomchisigacha to‘kilib bitishini istardim. Ammo ular nuqul
Do'stlaringiz bilan baham: |