bo‘ldi. Ular maqsadlariga erishish uchun razillikka qo‘l
urdilar, muddaolariga yetolmasalar o‘z jonlariga qasd
qildilar. Arzimas bu dunyoda abadiy orom olish uchun
yo‘qlikka, o‘z-o‘zini yemirishga da’vat etuvchi diniy
oqimlar yuzaga keldi. Nihoyat, bu odamlar ma’nisiz
mehnatdan tolishdi, ularning yuziga azob-uqubat
alomatlari qalqib chiqdi, ular «azob-uqubat — bu go‘zallik,
faqat undagina chinakam fikr bor» deb olamga bong
urdilar. Ular azob-uqubatni qo‘shiqqa solib kuyladilar. Men
nadomat chekib ularning orasida yurdim, ularning holiga
yig‘ladim va ularga, ehtimolki, hali yuzlariga azob nuqsi
urmagan, begunoh va go‘zal bo‘lgan paytlaridagidan
ortiqroq mehr qo‘ydim. Men gunohga botgan bu tuproqni
Do'stlaringiz bilan baham: |