tarqala boshladilar… Ittifoqlar, uyushmalar paydo bo‘ldi,
lekin ular bir-biriga qarshi edi. Ta’na-malomatlar dunyoga
keldi. Ular o‘z qilmishlaridan uyalishni o‘rgandilar va bu
uyat tuyg‘usini ezgulikka yo‘ydilar. Sha’n, nomus degan
tushunchalar paydo bo‘ldi. Har bir uyushma o‘z bayrog‘ini
tikdi. Ulardan hayvonlar ham ozor ko‘rdi, yog‘iylashib
o‘rmonlarga qochdi. Bo‘linish, yakkalanib olish uchun,
shaxs uchun, meniki-yu, seniki uchun tinimsiz kurashlar
boshlandi. Ular anvoyi tillarda gaplasha boshladilar. Shu
tariqa, g‘am-anduh nimaligini bildilar va uni sevib qoldilar,
uqubatni qo‘msadilar. Faqat zahmat chekibgina haqiqatga
yetish mumkin, dedilar. Shunda ularda ham biz tushungan
Do'stlaringiz bilan baham: |