yuz berganiga ishonmay? Ular balki men aytganimdan
ko‘ra ming marta a’loroq, nurliroq, quvonchliroq
bo‘lgandir? Kelingki, uni tush ham deylik, biroq tamomila
uydirma bo‘lishi mumkin emas. O, bilasizmi, men sizga bir
sirni aytaman: bular bari, ehtimolki, hech qanaqa tush
emasdir. Chunki bu yerda shunday ravshan voqealar yuz
berdiki, bunday haqiqatlar ikki dunyoda tushda xayolga
kelishi mumkin emas. Mayli, bu tushni qalbimning bir ijodi
deylik, lekin ko‘nglimning o‘zi keyin men yetishgan
haqiqatni yuzaga keltira olarmidi? Qanday qilib men
shunday ulug‘vor haqiqatni ichimdan to‘qib chiqarishim
mumkin? Qanday qilib mening shu maydakash yuragim va
shu injiq, arzimas aqlim haqiqatni shunday chuqur inkishof
Do'stlaringiz bilan baham: |