qavatgina ko‘ylak, hamma yog‘i shalabbo edi. Ayniqsa,
uning ilviragan ho‘l boshmoqlari xotiramga muhrlanib
qoldi. Birdan u tirsagimdan ilkis tortib, meni allaqayoqqa
sudray boshladi. U yig‘layotgani yo‘q, ammo qandaydir
so‘zlarni uzuq-yuluq aytib chinqirar edi. So‘zlarining yarmi
ichida qolar, chunki u dag‘-dag qaltirardi. Nimadandir
dahshatga tushib, jon holatda: «Onajon! Onajonim!» — deb
qichqirardi. Men unga o‘girilgan bo‘ldim, lekin churq
etmay o‘z yo‘limga ketaverdim. Qizcha bo‘lsa yugurgilar,
meni siltab tortar, uning ovozida qattiq qo‘rqqan bolaning
holatiga xos ayanchli ingroq bor edi. Bu ingroq tovushning
nimaligini men bilardim. Qizcha so‘zlarni chala-yarim
aytsa-da, men qayerdadir uning onasi jon berayotganligini
Do'stlaringiz bilan baham: |