qo‘ygan edim. Mana, allaqachon ikki oy ham o‘tdi.
To‘pponcha bo‘lsa hanuz g‘ilofida. Menga shu qadar
baribir ediki, axiyri bunchalik baribir bo‘lmagan bir
daqiqani poylagim keldi, lekin negaligini bilmayman. Har
kecha uyga kelib, «o‘zimni otaman» deb o‘ylardim, lekin
o‘sha daqiqani poylardim. Mana, endi u mitti yulduz
menda bir fikr uyg‘otdi, shuning uchun ham: «albatta shu
kecha o‘z boshimga yetishim kerak», — deb o‘yladim.
Qiziq, bu yulduzcha nega menda fikr uyg‘otdiykin?
Men samoga tikilgan payt bir qizcha nogoh tirsagimdan
ushladi. Ko‘chalar allaqachon huvillab qolgan, hech kimsa
ko‘rinmasdi. Uzoqroqda izvoshchi foytunida uxlab yotardi.
Qizcha sakkiz yoshlarda, boshida — durracha, egnida — bir
Do'stlaringiz bilan baham: |