O’rta qator o’yinchilari.
Hozirgi futbolda o’rta qator o’yinchilarining harakatlariga ko’p jihatdan jamoaning muvaffaqiyat qozonishiga aloqador omillardan biri deb haraladi. Bu ixtisosdagi futbolchilar butun match davomida yuksak ishchanlikni ta’minlaydigan a’lo darajadagi har tomonlama tayyorgalikka ega bo’lishlari kerak. Ular hujum va mudofaa harakatlarida faol bo’lishlari, o’yinni yuksak sur’atda o’tkazishlari va uni bir dam ham susaytirmasliklari darkor. Taktik tayyorlik bo’yicha, jamoa bo’lib o’ynash vositalari va usullarini tanlashdagi epchillik va ixtirochilik bo’yicha o’rta qator o’yinchilari oldiga oshirilgan talablar qo’yilmoqda. Ular hujumda ham, himoyada ham hamma sheriklarining hamkorligini uyushtirib turadilar. O’rta qator o’yinchilari mudofaada ham, hujumda ham bir xilda yaxshi o’ynashlari, butun jamoa o’yinini tashkil eta bilishlari kerak. Ularning harakatlari yuksak darajadagi ijrochilik mahoratiga asoslangan va doimo mustahkam, kuchli bo’lishi lozim.
Qanot hujumchilari.
Futbolda hujum qatorining boshqa o’yinchilari singari qanot hujumchilari ham tezkor, chaqqon, qo’rqmas va bardoshli bo’lishlari kerak. Harakat sur’ati va maromini o’zgartira bilish, raqib kutmaganda "portlay olish" forvardlar (qanot hujumchilari) uchun shart bo’lgan xislat. Yerda va havoda samarali kurasha olish uchun hujumchilar sakrovchan va kuchli bo’lishlari kerak. Hujumchilarning bisotida to’psiz mohirona manyovr qilish hamda zarba berish, to’pni moslash, to’p olib yurish, raqibni aldab o’tishdek xilma-xil texnik usullarni yuqori tezlik bilan bajara bilish malakalari mavjud bo’lishi shart. Qolgan hujumchilar kabi ular ham hujum harakatlarining yakunlovchi bosqichida qat’iylik va mustaqillik ko’rsatishlari, kombinasion o’yinda sheriklar bilan mohirona, bahamjihat harakat qilishlari, buni individual improvizasiya bilan birga qo’shib olib borishlari kerak.
Markaziy hujumchi.
Hujumni keskin davom ettirish yo’llarini uzluksiz izlash, hujum qatorining "uchida" o’ynash, jamoa urinishlarini natijali yakunlashda faol qatnashish bu futbolchining asosiy vazifasi hisoblanadi. Markaziy hujumchi zarba pozisiyasiga eng qisqa yo’l bilan yetishga intilib, maydonning butun kengligi bo’ylab ko’p martalab va xilma-xil tarzda ochilib chiqadi. U tezkor manyovr qiladigan, bitta, ba’zan esa bir nechta himoyachi bilan kurashda darvozaga qarata zarba bera oladigan, sheriklari tepalatib uzatgan to’pdan mohirona foydalana biladigan, qaytgan to’pga qo’shimcha zarba berishga intiladigan bo’lishi kerak. Kurashda qo’rqmaslik, qat’iylik, fidoyilik - bu xislatlarning hammasi yuqori mahoratli markaziy hujumchilarga xos fazilatlardir.
Aslida mudofaada markaziy hujumchilarning muayyan vazifalari bo’lmaydi. Ularning hujumdagi faolligining o’zi hujum qatoriga borib qo’shilishga jur’at etolmayotgan bir necha himoyachilar harakatini bo’g’ib turadi, chunki ularning ort tomonida tezkor, manyovrli raqiblari bor. Markaziy hujumchi yakkama-yakka kurash va vaqt tanqisligi sharoitida individual harakatlar bilan guruh harakatlarini mohirona qo’shib olib boradigan, pozisiyani ustalik bilan tanlaydigan, yakunlovchi harakat yoki usullarni bajara oladigan bo’lishi kerak.
Xulosa
Hozirgi futbolda darvozabonlar to‘pni ko‘pincha tashlab beradilar, chunki bunda to‘pni tepgandagidan aniqroq yo‘naltirib berish mumkin. Tashlash masofasiga kelganda esa, tegishlicha jismoniy tayyorgarligi va a’lo daraja ratsional texnikasi bo‘lgan darvozabon to‘pni anchagina (35-40 m) masofaga tashlab bera oladi.
Bu texnik priyom odatda asosan bir qo‘llab, ahyon-ahyonda ikki qo‘llab bajariladi. To‘pni bir qo‘llab tashlab berish yuqoridan, yondan va pastdan bajariladi.T o‘ p n i yu q o r i d a n t a sh l a b b e r i sh — eng ko‘p tarqalgan usul. Bu usulda sheriklarga turli traektoriyada, anchagina masofaga va etarlicha aniq to‘p tashlab berish mumkin.
To‘p tashlashdan oldingi dastlabki holat - bir qadam tashlab tik turish. To‘p shundoqqina kaft ustida bo‘lib, yoziq va yarim bukilgan barmoqlar uni tutib turadi. Tayyorlov bosqichida qo‘l tortiladi. To‘p tutgan qo‘l tirsagi bukilib, yon tarafdan orqaga tortilib, bosh balandligida (yoki yana sal balandroq) yuqori ko‘tariladi. Gavda shu qo‘l tortilgan tomonga burilib, sal oldinga engashadi. Tana og‘irligi orqadagi sal bukilib turgan oyoqqa o‘tkaziladi. Oldindagi oyoqning uchi erda bo‘ladi. Asosiy bosqichdagi tashlash harakati oyoqlarni tug‘irlab, gavdani burishdan boshlanadi. Shundan keyin qo‘l aktiv yozilib, uloqtirish tomonga harakatlanadi-da, bu harakat panjaning keskin yo‘naltiruvchi harakati bilan tugaydi. Tananing og‘irligi orqadagi oyoqqa o‘tkaziladi.
Adabiyotlar:
1. P.N.Kazakov futbol, Toshkent 1981 yil
2. V.M.Kachashkin. Jismoniy tarbiya metodikasi. Toshkent «O‘qituvchi» 1982 yil.
3.Toshkent 1999 yil, b-maxsus son.6. Usmonxo‘jaev T.S. Jismoniy tarbiya darsi materiallari.
«O‘qituvchi» 1975 yil.
4. T.Usmonxo‘jaev, F.Xo‘jaev. 1001 o‘yin, Toshkent 1990 yil. 5. Y.A.Afanasev jismoniy tarbiya, Toshkent 1992 yil. 6. L.I.Gurovich. G.P.Ivanova sportivnыe i podvijnыe igrы, Mos. 1977g.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |