Darvozadan zarba. Darvozadan zarba o‘yinni yangilash usuli hisoblanadi, Darvozadan zarba tufayli to‘g‘ridan to‘g‘ri raqib darvozasiga to‘p kirsa gol hisoblanadi. Darvozadan zarba tayinlanadi qachonki: To‘p oxirgi marta hujum qilayotgan jamoa o‘yinchisiga tegib darvoza chizig‘ini yerdan yoki havodan kesib o‘tsa, lekin agar bunda 10 – qoidadan kelib chiqib gol urilmagan bo‘lsa.
Darvozadan zarbani bajarish tartibi shunday: Zarba himoyalanuvchi jamoa o‘yinchisi tomonidan darvoza maydon doirasining har qanday nuqtasida amalga oshiriladi. Raqiblar to‘p o‘yinga kirmaguncha jarima maydoni doirasining tashqarisida turishadi (qoladi). Zarbani bajargan o‘yinchi to‘p biror bir o‘yinchiga tegmasdan oldin, ikkinchi marta to‘p bilan o‘ynashi mumkin emas. To‘p to‘g‘ridan to‘g‘ri jarima maydoni doirasidan tashqariga chiqsa to‘p o‘yinda hisoblanadi. Qoida buzilishi va jazo. Agar darvozadan zarba bajarilgandan so‘ng to‘p jarima maydoni doirasini tark etmasa (tashqariga chiqmasa). Zarba qaytariladi qachonki darvozadan zarba maydon o‘yinchisi tomonidan bajarilsa (darvozabon tomonidan emas).
Agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng zarbani bajargan o‘yinchi to‘p biror bir o‘yinchiga tegmasdan oldin ikkinchi marta to‘pga tegsa (qo‘l bilan emas): qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish huquqini oladi.
Agar to‘p o‘yinga kirganidan so‘ng zarbani bajargan o‘yinchi to‘p biror bir o‘yinchiga tegmasdan oldin ataylab qo‘li bilan o‘ynasa qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish huquqini oladi. Agar qoida buzilishi zarbani bajargan o‘yinchining jarima maydoni doirasida yuz bersa, 11 metrlik zarba tayinlanadi. Darvozadan zarba darvozabon tomonidan bajarilganda, agar to‘p o‘yinga kirgandan so‘ng darvozabon to‘p biror bir o‘yinchiga tegmasidan oldin ikkinchi marta tegsa (qo‘l bilan emas) - qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish huquqini oladi.
Agar to‘p o‘yinga kirganidan so‘ng darvozabon to‘p biror bir o‘yinchiga tegmasdan oldin ataylab qo‘li bilan o‘ynasa;
Agar qoida buzilishi darvozabonning jarima maydoni doirasi tashqarisida yuz bersa qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish huquqini oladi.
Agar qoida buzilishi darvozabon jarima maydoni doirasida yuz bersa, qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish huquqini oladi.
Shu qoidaning boshqa har qanday buzilishida zarba qaytariladi.
Burchak to‘pi. B urchak zarbasi o‘yinni yangidan boshlash usulidir. Burchak zarbasi tufayli to‘g‘ridan to‘g‘ri urilgan gol hisoblanadi, lekin faqat shu holatdaki, agar to‘p raqib jamoa darvozasiga urilgan bo‘lsa.
Burchak to‘pi tayinlanadi qachonki: to‘p oxirgi marta, himoyalanayotgan jamoa o‘yinchisiga tegib darvoza chizig‘ini yerdan yoki havodan kesib o‘tsa, lekin agar bunda 10 qoidaga mos ravishda gol urilmagan bo‘lsa.
Burchak to‘pini bajarish tartibi shunday: to‘p burchak bayrog‘i yaqinidagi belgilangan qismi (sektor) ichiga o‘rnatiladi. Raqiblar to‘pdan 9,15 m masofa uzoqlikda joylashadi. To‘pga zarbani hujumdagi jamoa o‘yinchisi amalga oshiradi. Qachonki to‘pga zarba berilib va u harakatda bo‘lsa to‘p o‘yinda hisoblanadi. Zarbani bajargan o‘yinchi to‘p boshqa o‘yinchiga tegmaguncha ikkinchi marta to‘pni o‘ynashi mumkin emas.
Qoida buzilishi va jazo. Burchak zarbasi maydon o‘yinchisi tomonidan bajarilsa (darvozabon tomonidan emas). Agar to‘p o‘yinga kiritilgandan so‘ng zarbani bajargan o‘yinchi to‘pga boshqa o‘yinchi tegishidan oldin, ikkinchi marta to‘pga tegsa (qo‘li bilan emas) - qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba berish huquqini oladi. Agar to‘p o`yinga kiritilgandan so‘ng zarbani bajargan o‘yinchi to‘pga boshqa o‘yinchi tegishidan oldin ataylab qo‘li bilan o‘ynasa - qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish huquqini oladi. Agar qoida buzilishi zarbani bajargan o‘yinchining jarima maydoni doirasida yuz bersa, 11 metrlik zarba tayinlanadi.
Darvozabon tomonidan bajariladigan burchak to‘pi. Agar to‘p o‘yinga kiritilgandan so‘ng darvozabon to‘p boshqa o‘yinchiga tegmasidan avval ikkinchi marta (qo‘li bilan emas) tegsa: qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish huquqini oladi. Agar to‘p o‘yinga kiritilgandan so‘ng darvozabon to‘p boshqa o‘yinchiga tegmasdan avval ataylab qo‘l bilan o‘ynasa - agar qoida buzilishi darvozabonning jarima maydoni doirasining tashqarisida yuz bersa, qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish huquqini oladi. Agar qoida buzilishi darvozabonning o`zining jarima maydonida yuz bersa, qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish huquqini oladi. Qoidaning boshqa har qanday buzilishida zarba qaytariladi.