JARIMA VA ERKIN ZARBALAR.
Zarba xillari.
Zarbalar jarima yoki erkin zarbaga bo`linadi.
Jarima zarbasida bo`lganidеk xuddi shunday erkin zarbada ham to`p zarba bajarilayotganda harakatsiz qolatda bo`lishi kеrak, zarbani bajarayotgan o`yinchi esa to`p boshqa o`yinchiga tеgmaguncha ikkinchi marta to`pga tеgishga qaqqiqi yo`q.
Jarima zarbasi.
Agar to`p jarima zarbasidan so`ng to`g`ridan to`g`ri, qarama qarshi jamoa darvozasiga tushsa, gol hisoblanadi.
Agar to`p jarima zarbasidan so`ng to`g`ridan-to`giri o`z darvozasiga tushsa qarama-qarshi jamoa burchak to`pini tеpishni qo`lga kiritadilar.
Erkin zarba. (SIGNAL) -hakam qo`lini boshi tеpasiga ko`targan xolda erkin zarba haqida signal bеradi .U qo`lini shu holatda zarba bajarilib to`p biron bir o`yinchiga tеgmaguncha yoki o`yindan chiqmaguncha ushlab turadi.
To`pning darvozaga tushishi.
To`p faqat shu holatda xisoblanishi mumkin, agar zarbadan so`ng va darvozaga tushishdan oldin boshqa o`yinchiga tеgsa.
*Agar erkin zarbadan to`p to`g`ri qarama-qarshi jamoa darvozasiga tushsa, darvozadan zarba tayinlanadi.
*Agar erkin zarbadan to`p to`g`ridan – to`g`ri o`z darvozasiga tushsa qarshi jamoa burchak zarbasini bajarish huquqini oladi.
Jarima va erkin zarba bajarilish joyi .
Jarima yoki erkin zarba jarima maydoni doirasida :
Ximoyalanuvchi jamoa tomonidan bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
*Raqib jamoaning hamma o`yinchilari to`pdan kamida 9,15m (10 yard) masofada joylashadi.
*To`p o`yinga kirmaguncha raqib jamoaning hamma o`yinchilari jarima maydoni tashqarisida turadi.
*Qachonki to`p jarima maydonidan tashqariga chiqsa, to`p o`yinda xisoblanadi.
*Darvoza maydoni doirasida bajarilishi kеrak bulgan jarima yoki erkin zarba uning har qaysi nuktasida bajarilishi mumkin.
Xujumdagi jamoa tomonidan bajariladigan erkin zarba.
*Raqib jamoaning hamma o`yinchilari to`pdan kamida 9,15m (10 yard) masofada joylashadi.
*To`p o`yinda xisoblanadi qachonki to`pga zarba bеrilib, u harakatda bo`lsa.
*Darvoza maydonida bajarish uchun tayinlangan erkin zarba, darvoza chiziqiga parallеl bo`lgan darvoza maydoni chiziqida hoida buzilgan joy yaqinida amalga oshiriladi.
Jarima maydoni tashqarisida bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
*Raqib jamoaning hamma o`yinchilari to`p o`yinga kirmaguncha to`pdan 9,15 m masofa uzoqlikda joylashadi.
*To`p o`yinda hisoblanadi qachonki to`pga zarba bеrilib u harakatda bo`lsa.
*Jarima yoki erkin zarba qaеrda hoida buzilgan bo`lsa o`sha joydan bajariladi .
Hoida buzilishi va jazo.
Agar jarima yoki erkin zarba bajarilayotganda raqiblardan biri to`pga ruxsat bеrilgan masofadan ko`ra yaqinroqda bo`lsa.
*Zarba qaytariladi.
Ximoyalanayotgan jamoaning o`z jarima maydonida bajarayotgan jarima yoki erkin zarbasidan so`ng to`p to`g`ridan to`g`ri o`yinga kirmasa.
*Zarba qaytariladi.
Maydon o`yinchisi tomonidan (Darvozabon emas) bajariladigan jarima yoki erkin zarba
Agar to`p o`yinga kirgandan so`ng zarbani bajargan o`yinga to`pga boshqa biror o`yinchi tеgmasdan oldin ikkinchi marotaba to`pga tеgsa :(qo`li bg`n emas).
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish huquqini qo`lga kiritadi.
Agar to`p o`yinga kirgandan so`ng zarbani bajargan o`yinchi to`pga boshqa o`yinchi tеgmasidan oldin ataylab to`pni qo`li bilan o`ynasa .
*Qarshi jamoa qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish huquqini qo`lga kiritadi.
*Agar qoida buzilishi zarbani bajargan o`yinchi jamoasi jarima maydoni doirasida yuz bеrsa, 11m zarba tayinlanadi .
Darvozabon tomonidan bajariladigan jarima yoki erkin zarba.
*Agar, to`p o`yinga kirganidan so`ng darvozabon to`pga boshqa biror o`yinchi tеgmasidan oldin (Qo`li bilan emas) qaytadan to`pga tеgsa.
*qarshi jamoa qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqini qo`lga kiritadi .
Agar to`p o`yinga kirganidan so`ng darvozabon to`pga biror o`yinchi tеgmasidan oldin ataylab to`pni qo`li bilan o`ynasa .
1912-yildayoq, Fargʻona va Qoʻqonda Oʻzbek futboli tarixidagi ilk jamoa paydo boʻlgan. Shundan soʻng, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan hamda Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida turli futbol klublari paydo boʻla boshladi. Oʻtgan asrning 20-yillari oʻrtalariga kelib, mamlakat birinchiligi baxslari ham oʻtkazila boshladi. 1928-yilda Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasiga asos solindi. Oʻsha kezlarda endi tashkil etilgan jamoa Moskvada oʻtgan spartakiada baxslarida oʻziga hos natijalarni qayd etdi. 30-yillarga kelib, oʻzbekistonlik futbolchilar xalqaro oʻyinlar doirasida birinchi gʻalabani nishonlashdi. Havaskor futbolchilardan tashkil topgan Norvegiya va Germaniya terma jamoalari magʻlubiyatga uchratildi. 1939-yildan eʼtiboran, Oʻzbekistonning yetakchi jamoalari, jumladan Toshkentning „Dinamo“, „TODO“, „Spartak“ kabi futbol klublari Sobiq Ittifoq birinchilgi hamda mamlakat Kubogi oʻyinlarida, B toifasidagi sport ustalari oʻrtasidagi musobaqalarda ishtirok etishni boshlashdi. 1956-yilda esa, hozirga kelib, „Paxtakor“ futbol klubiga asos solindi. „Paxtakor“ jamoasi 1962 hamda 1982-yillarda Sobiq Ittifoq chempionatida 6-oʻrinni egalladi, 1968-yilda esa jamoa vakillari Sobiq Ittifoq Kubogi baxslarining finaliga yoʻl olishgan. Oʻsha kezlarda Toshkent viloyati sharafini himoya qiluvchi „Politotdel“, Jizzaxning „Boʻston“, Fargʻonaning „Neftchi“, Namanganning „Navbahor“, Samarqandning „Dinamo“ klublari ham Sobiq Ittifoq chempionatining birinchi ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. 1991-yildan Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) hamda FIFAning toʻlaqonli aʼzosiga aylandi. Shu yoʻl bilan mamlakat jamoalari yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Jahon va Osiyo chempionati baxslari, Olimpiada va Osiyo oʻyinlari musobaqalari oʻz navbatida Federatsiya raxbarlarini futbol mutaxassislari, murabbiylar va barcha darajadagi murabbiylariga boʻlgan munosabatlarini tiklash va qayta yoʻlga qoʻyish imkoniyatini yaratib berdi. Ana shu eʼtibor va harakatlar bois, turli yillarda Fargʻonaning Neftchi hamda Qarshining Nasaf jamoalari Osiyoning klublar oʻrtasidagi nufuzli Qitʼa Kubogi oʻyinlarida muvafaqqiyatli ishtirok etdi. 1994-yilda Yaponiyaning Xirosima shahrida oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida chempion boʻlganini alohida tilga olish mumkin. Shuningdek, 2000-yilda Futzal, yaʼni mini-futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati ikkinchi oʻrinni egalladi. 2002-yilga borib, 20-yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon Chempionatining final qismiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Terma jamoalarning muvaffaqiyatli ishtiroklari, klub va bolalar futbolining tezkor ravishda rivojlanishini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov hamda mamlakat hukumatining diqqat va eʼtibori bilan bogʻlash mumkin. Oʻzbekistonning mustaqillik yillarida Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish borasidagi qarorlari futbolni rivojlantirishga xizmat qildi. Bu orada, mini-futbol, ayollar hamda bolalar va oʻsmirlar futboli, ommaviy futbolni rivojlantirish borasida barcha masalalarni hal qiladigan, turli savollarga javob beradigan normativ baza yuzaga keldi. Bu esa, xalqaro musobaqalarda terma jamoalar va klublarning muvaffaqiyatli ishtirokiga sabab boʻldi. Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya sportni rivojlantirishning keyingi istiqbollarini koʻzlagan holda, Oʻzbekiston Respublikasining „Jismoniy tarbiya va sport haqidagi“ qonun loyihasi 2000-yilning 26-mayida qabul qilindi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining ana shu boradagi qator qonunlari eʼlon qilindi: „Oʻzbekiston Respublikasida futbolning keyingi istiqbollarini belgilash toʻgʻrisida“gi Qonuni (144-sonli; 18/03/1993), „Oʻzbekistonda futbol taraqqiyotining prinsiplari va asoslarini tubdan amalga oshirish toʻgʻrisida“gi Qonuni (27-sonli, 17/01/1996), „Oʻzbekistonda Futbol taraqqiyoti jamgʻarmasining faoliyatini yaxshilash va uni qoʻllab quvvatlash toʻgʻrisida“gi Qonuni 1998-yilning 6-iyulida qabul qilib, 238-sonli qonun etib belgilab qoʻyildi. Bu qonun Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish boʻyicha 2006-yilgacha amalda boʻladigan milliy dasturga ishora edi. 1996-yilning 17-yanvarida qabul qilingan 27-sonli qonun yordamida professional klublar tizimi orqali respublikada futbolni rivojlantirish siyosati aniqlab olindi. Oʻzbekiston chempionatining Oliy Ligasida hozirga kelib, 14 ta jamoa ishtirok etadi. Birinchi Ligada esa, 20 ga yaqin professional futbol klublari kurash olib bormoqda. 200 dan ortiq klublar esa, ikkinchi ligada birinchi liga yoʻllanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.[1] Oʻlkadagi futbol klublari hamda terma jamoalarga oʻrinbosarlar tayyorlash maqsadida mamlakatning barcha tumanlarida futbol boʻyicha ixtisoslashgan maktab-internatlar ochilgan. Ana shu yosh iqtidorlarning kelajagi uchun mas’ul boʻlgan murabbiylar hamda hakamlarning malakasini oshirish boʻyicha, Toshkentda FIFA hamda OFK mutaxassislari ishtirokida xalqaro seminarlar ham uyushtirildi. Bu orada respublikadagi stadionlar qayta taʼmirdan chiqib, yaʼni oʻyingohlar barpo etildi. Bundan tashqari mini-futbol baxslari uchun qator maydonlar qurildi. Oʻzbekistonning boshqa hududlarida ishlarni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tarkibidagi viloyat futbol federatsiyasi yaratildi. Ana shu federatsiyalar Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasiga kerakli maʼlumotlarni oʻz vaqtida toʻgʻridan toʻgʻri yetkazib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |