Furunkul (chipqon) — sabablari, asoratlari, tashxislash, davolash, oldini olish furunkul, chipqon


Furunkulaning nekrozi va yiringlash bosqichi



Download 31,29 Kb.
bet3/4
Sana14.07.2022
Hajmi31,29 Kb.
#794595
1   2   3   4
Bog'liq
FURUNKUL (CHIPQON) — SABABLARI, ASORATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH, OLDINI OLISH

Furunkulaning nekrozi va yiringlash bosqichi — chipqon paydo bo’lishidan 3-4 kun o’tib sodir bo’ladi. U teri yuzasiga pustula ko’rinishida chiqadigan furunkul uchun odatiy bo’lgan yiringli-nekrotik o’zak shakllanishi bilan tavsiflanadi. Ushbu davr mobaynida tana haroratining 38 °C gacha ko’tarilishi, furunkul sohasida keskin seziluvchi og’riq qayd qilinadi. Intoksikatsiyaning umumiy alomatlari kuzatilishi mumkin: holsizlik, kuchsizlik, bosh og’rig’i, ishtahaning yomonlashishi. Furunkul klinik ko’rinishining eng yuqori nuqtasida uning yuzasi ochiladi. Hosil bo’lgan tuynuk orqali yiring oqadi va nekrotik o’zak chiqib ketadi. Shundan keyin infiltratsiya, shish, og’riqlar va umumiy alomatlar tez o’tib ketadi, tuzalish jarayoni boshlanadi.
Furunkulning tuzalish bosqichi — chipqon ochilishi natijasida qoldirilgan kraterlarda granulyatsion to’qima shakllanishi bilan kechadi. 3-4 kun ichida furunkul joyida chandiq hosil bo’ladi. Avvaliga u sezilarli qizil-ko’k rangda bo’ladi, so’ng asta-sekin rangsizlanib, deyarli ko’rinmas holga keladi.
Ba’zi hollarda furunkulning kechishi xira va nekrotik o’zakning hosil bo’lishisiz kechishi mumkin. Quloq suprasida furunkul paydo bo’lganda, umumiy alomatlarga chakka va jag’larga tarqaluvchi quloqdagi kuchli og’riq qo’shiladi. Ba’zida diffuz bosh og’rig’i qayd etiladi. Furunkul eshitish kanalining yopilib qolishiga sabab bo’lishi mumkin, buning natijasida eshitish qobiliyati yomonlashadi.

FURUNKUL ASORATLARI


Kasallikning sodda ko’rinishiga qaramay, hatto birgina chipqon ham jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Burun-lab uchburchagi va burun bo’shlig’i kirish qismining shilliq qavatida joylashgan furunkullar eng ko’p asorat qoldiradiganlari hisoblanadi. Asoratlarni rivojlanishiga ko’pincha furunkulni siqib chiqarishga urinish, uni noto’g’ri mahalliy davolash, soqol olish vaqtida jarohatlash hissa qo’shadi.
Jarayonning lokalizatsiyasi bo’yicha furunkulning barcha asoratlari mahalliy (abstsess, karbunkul, saramas, flegmona), uzoqlashgan (limfadenit, limfangit, flebit) va umumiy (furunkuyloz, bosh miya shikastlanishi, ichki a’zolarda abstsesslar, sepsis) turlarga bo’linadi.
Mahalliy asoratlar furunkuldan ajralib chiqayotgan ajralmada patogen stafilokokklar mavjudligi va ular terining boshqa joylarini infektsiyalanishiga olib kelishi mumkinligi bilan bog’liq. Bir nechta furunkullarning birlashishi karbunkul, abstsess, yumshoq to’qimalar flegmonasi kabi kengroq yiringli teri shikastlanishlariga olib keladi. Furunkullarning ko’p sonli tabiati furunkulyoz deb baholanadi.
Infektsiyaning furunkuldan limfa tomirlari va venalarga o’tishi limfangit, limfadenit, flebit va tromboflebit rivojlanishiga olib keladi. Eng xavflisi stafilokokk infektsiyasining arteriya tomirlari orqali tarqalishi, bunda metastatik abstsesslar, pielonefrit, sepsis rivojlanishi mumkin. Yuzda lokalizatsiyalangan furunkullar araxnoidit, meningit, bosh miya abstsessi bilan asoratlanishi mumkin .

Download 31,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish