2. Frenk Lempard
“Chelsi” tarixidagi eng sermahsul futbolchi ushbu yozda
jamoadan ketdi va keyinchalik kutilmaganda “Manchester Siti”
safiga borib qo‘shildi. Lempard sobiq jamoasiga qarshi o‘yinda gol
kiritib, jamoasiga bir ochko taqdim etadi. Frenk urgan golini nishon-
lashni istamaydi.
1. Krishtianu Ronaldu
2013-yilgi Chempionlar ligasining pley-offida “Real” “Manches
-
ter yunayted” bilan ro‘baro keldi. O‘yindan oldin Ronaldu sobiq
jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgudek bo‘lsa, uni nishonlamasligini
e’lon qildi. Krish uchrashuvda chiroyli tarzda gol kiritadi va va’da-
sining ustidan chiqib, golni nishonlamaydi. “Tabiatan doimo g‘ala-
ba qozonishni istayman. Golni esa menga ko‘p narsa bergan klubga
hurmat yuzasidan nishonlamadim”, – dedi Krish o‘yindan so‘ng.
Darvoqe u “MYu” safida yana bir sobiq klubi “Sporting” darvozasi
-
ga urgan golini ham nishonlamay, ko‘pchilikning hurmatiga sazov-
or bo‘lgan edi.
340
Yusupov FURQAT
ENG OMADSIZ PENALTICHILAR
Futbol bo‘yicha nufuzli turnirlarda o‘yindan keyingi bo‘lib o‘tgan
penaltilar seriyalarida xatolikka yo‘l qo‘ygan penaltichilar TOP-5
taligini tuzib chiqdik.
1. Roberto Badjo
1994-yilgi mundialda Badjo Italiya terma jamoasini finalga qadar
yetaklab keldi. Hal qiluvchi o‘yinda ham u ajoyib o‘yin namoyish
yetdi. Uchrashuvda hisob ochilmagach, tomonlar penaltilar seri-
yasiga murojaat qilishdi. Italiyaliklarning hal qiluvchi zarbasini ijro
yetish uchun to‘p oldiga Roberto keldi. Uning zarbasi hattoki aniq
ham chiqmadi. Natijada Braziliya jahon chempioniga aylandi. Bad-
joning o‘zi esa ana shu noaniq penaltidan so‘ng juda ham tushkun
ahvolga tushib qolgan edi.
2. Jon Terri
2008-yili Roman Abramovichning “Chelsi”si, nihoyat, Yevropa
Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritish uchun juda yaqin
kelgan yedi. “Aristokratlar” “Qizil iblislar” bilan 120 daqiqa mo-
baynida g‘olibni aniqlay olishmagach, penaltilarda o‘z omadlarini
sinab ko‘rishdi. “Yunayted” safida Ronaldu adashgach, London
-
liklarning imoniyatlari ancha oshgan edi. Eng so‘nggi zarba yo‘liga
klub sardori Jon Terri keldi. Agar u gol ursa “Chelsi” o‘z tarixida
birinchi marta nufuzli sovringa ega chiqar edi. Biroq Jon zarbada
adashdi, keyinchalik Anelka ham xatolikka yo‘l qo‘ygach, Abramo-
vichning orzusi ushalishi kamida keyingi yilga qoldirildi.
341
FUTBOL FALSAFASI
Do'stlaringiz bilan baham: |