Furqat indd



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/228
Sana14.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#550051
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   228
Bog'liq
2 5193075911422903705

Ruud van Nistelroy
yoshligida bolalar jamoasida to‘p 
surayotganida, birinchi murabbiyi “Sendan futbolchi chiqmaydi, 
Rud. Bekorga ovora bo‘layapsan…”, – deb uni rosa ruhan ezardi. 
Lekin tishini-tishiga qo‘yib, “sinib” ketmagan Ruud “Real”, PSV”, 
“MYu” kabi jamolar safida mamlakat chempionati to‘purarligini 
qo‘lga kiritdi.
“Manchester Yunayted” afsonasi 
Pol Skoulz 
yoshligida ko‘cha 
jamoalarida yaqqol yetakchi bo‘lgan. Polni “Olxem Atletik” klu-


252
Yusupov FURQAT
bi ma’qul ko‘rdi. Biroq taqdirning hazilini qarangki, Pol ko‘rikdan 
o‘ta olmadi. U haqiqiy futbol maydonida juda mitti bo‘lib ko‘rin
-
di. Boz ustiga “Oldxem” rahbarlari bo‘g‘ma kasalligi bilan og‘rigan 
bolakay bilan shug‘ullanishni behuda vaqt sarflash, deya baholay
-
dilar. Aftidan, Polning butun orzulari chippakka chiqqandek edi. 
Biroq uning maktabdagi o‘qituvchisi o‘z o‘quvchisining iqtidoriga 
umuman shubha qilmasdi. “MYu” murabbiylaridan biri – Brayan 
Kidd bilan yaqindan tanish bo‘lgan o‘qituvchi Polni yana bir mar-
ta ko‘rikdan o‘tishga ko‘ndirdi. Afsuski, bu urinish ham samara 
bermadi. Shundan keyin Skoulz ota-onasi bilan dam olishga jo‘nab 
ketdi. Ammo ustozi hamon taslim bo‘lmadi. Nihoyat, ustozining 
sa’y-harakatlari natijasida Pol “mankunianlar”ning qizil libosini ki-
yish sharafiga muyassar bo‘ldi. Qolaversa, shifokorlar bo‘g‘ma xas
-
taligi uning futbolchi bo‘lishiga xalaqit bermasligini, faqatgina Pol 
doimo ingalyator yordamidan foydalanishi lozimligini aytishdi.
Jahonning 3 karra, Yevropaning 2 karra eng yaxshi futbolchisi si-
fatida tan olingan braziliyalik “so‘yloq” 
Ronaldo
11 yoshida o‘zini 
katta futbolga tayyor deb hisoblardi. Uni “Flamengo”ga qabul qi-
lishmadi. O‘sha kun u omadsiz edi. Uyiga qaytishda unga hujum 
qilishdi. So‘nggi pullariga olgan soatini ham olib qo‘yishdi. 
2007-yilgi “Oltin to‘p” sohibi 
Kaka
, “San Paulu”ning yoshlar ja-
moasida o‘ynab yurgan vaqtida bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilina
-
di. Shu munosabat bilan unga bir necha kun ta’til berdilar. Ta’tilni 
buvisi va bobosi bilan o‘tkazishga qaror qiladi. Ularning uyi yaqini-
da suvda arg‘imchoqli xiyobon bor edi. O‘sha xiyobonda ukasi bilan 
birga o‘ynab turganida, tasodifan muvozanatni yo‘qotib qo‘yadi va 
suvga qulaydi. O‘shanda boshi bilan hovuzning tubiga qattiq urila
-
di va kasalxonaga borib, yorilgan joyiga chok qo‘ydirib keladi. Ora-
dan 1-2 kun o‘tgach, San-Pauluga qaytib ketadi. Dushanbadan bosh-
lab odatdagidek mashg‘ulotlarga qatnay boshlaydi. Ammo bo‘yni 


253
FUTBOL FALSAFASI
nimagadir qattiq og‘rirdi. Tabiblar ko‘rib chiqqanlaridan so‘ng, 
bo‘yindagi umurtqa pog‘onasining oltinchisi lat yeganini aniqladi-
lar. Bu jarohat juda havfli edi, ammo Kakaning baxtiga juda nozik 
bo‘lgan joylar shikast yemay qolgan edi. Tabiblar unga hayrat bilan 
qaradilar va juda baxtli ekanini, hali futbol o‘ynashi ham mumkin-
ligini aytdilar. Sal bo‘lmasa, futbol o‘ynash u yoqda tursin, yura ol-
may ham qolardi. 
Ispaniya terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish