NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS
Ko‘ngilda orzuyi vaslini ul oliyjanob aylab,
Yetib erdim firoq anduhi jonimg‘a azob aylab,
Banogah gul yuzig‘a, sunbuli zulfin niqob
aylab,
Tun oqshom keldi kulbam sori ul gulrux,
shitob aylab,
Xiromi sur’atidin yuz uza terdin gulob aylab.
Qilich tortib qinidin qon to‘karg‘a ul
jafogustar,
Ko‘zini turkidin yag‘mo solib olamga sar
to sar,
Nigah paykonin olmosin dag‘i aylab ango
darbar,
Qilib mujgonni shabro‘lar kabi jon qasdig‘a
xanjar,
Belig‘a zulfi anbarboridin mushkin tanob
aylab.
Agarchandi adoshib aqldin bo‘ldi tilim alkan,
Ko‘rub shavqi bila aylar edi jon-u dilim
shevan,
Qarong‘u kechani kunduz qilib, ey sho‘xi
jodufan,
Quyoshdek chehra birla tiyra kulbam
aylagach ravshan,
Menga titratma tushti zarra yanglig‘
iztirob aylab.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ISHQINGDA KUYUB, JONO...
101
O‘shal oqshom menga qandog‘ saodat
oqshomi erdi –
Kim, ul oromijon tanho kelib eshik ochib
kirdi,
Dedim: – Mehnat tutub, ko‘zga ayog‘in
qo‘ysang arzirdi,
Kulub o‘lturdi-yu ilkim tutub yonida yer
berdi,
Takallum ayladi har lafzidin durri xushob
aylab.
Debon ishqim yo‘lida sodiqam men, sen
nechukdursan?
Chekib hajring visola loyiqam men, sen
nechukdursan?
Vafoda o‘zgalardin foyiqam men, sen
nechukdursan –
Ki, ey zori balokash oshiqim, mensiz
nechukdursan?
Men o‘ldum lol-u so‘z aytolmayin mayli javob
aylab.
Ko‘rub tanholig‘im g‘am go‘shasi ichra dili
kuydi,
Tarahhum birla ko‘nglum ovlabon shafqat
qilib suydi,
Xumorim anduhidin jon yutmog‘im
magar tuydi,
Chiqardi shishai may dog‘i bir sog‘ar to‘la quydi,
Ichib tutti menga yuz nav nozoso itob aylab.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Zokirjon Furqat
102
Dimog‘ingg‘a nasimi vasl tegdimuki jo‘sh
etding,
Muroding g‘unchasi ochdimu? Bulbuldek
xuro‘sh etding,
Sabab na erdi yakbora dog‘i o‘zni xomush
etding –
Ki, ey majnun, pari ko‘rding magarkim tarki
hush etding?
Takallum qil bu sog‘arni ichib raf’i hijob aylab.
Ishorat aylar erdi bo‘salar yuzdin, gahi ko‘zdin,
Og‘izni olma deb la’limdin aslo, ko‘zni ham
yuzdin,
O‘zumni to‘xtatolmay buyla lutfomizliq
so‘zdin,
Ichib faryod etib tushdim ayog‘ig‘a ketib
o‘zdin,
Meni yo‘q bodakim, lutfi aning mast-u xarob
aylab.
Netarsen kecha yoring kelsa, Furqat, uyquni
mundoq?
Kechurgil kechani bedorliqda har tuni
mundoq,
Demishdur ishq ustodi muhabbat yo‘suni
mundoq,
Anikim eltgay noz uyqusi ishrat tuni mundoq,
Navoiydek yotar to subhi mahshar tarki xob
aylab.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ISHQINGDA KUYUB, JONO...
103
Do'stlaringiz bilan baham: |