8-modda. Lizing faoliyati
Lizing faoliyati lizing beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va (yoki) jalb etilgan mablag‘lar hisobidan lizing obyektining sotib olinishi va uni lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga berilishi borasidagi investitsiya faoliyati turidir.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
9-modda. Lizing shartnomasi
Lizing shartnomasi yozma shaklda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobida shartnomalarni tuzish tartibi nazarda tutilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Lizing shartnomasi:
shartnoma taraflaridan birining talabiga ko‘ra;
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u haqda tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tartibda tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalari olish chog‘idagi lizing to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno.
(9-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq alohida bitimlarning notarial tasdiqlanishi talab etiladi (386, 488, 490, 497, 504, 513, 531, 565, 580-moddalar).
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Quyidagilar lizing shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi:
lizing obyektining tavsiflanishi (lizing obyektining miqdori, sifati, ro‘yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko‘rsatkichlari) va shartnoma umumiy pul summasining ko‘rsatilishi;
taraflarning lizing obyektini olish va berish bilan bog‘liq majburiyatlari;
lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi;
lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va ta’mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
shartnomaning amal qilish muddati.
Oldingi tahrirga qarang.
sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun mas’ul tarafning ko‘rsatilishi.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuniga asosan, sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
lizing obyektini sotib olish tartibi va muddatlari;
(9-moddaning to‘rtinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
lizing shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish;
lizing obyektini sug‘urta qilish;
fors-major holatlar;
lizing beruvchi qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishi, bunday xizmatlarsiz lizing obyektidan foydalanib bo‘lmasa;
lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi.
Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |