22-modda. Lizing to‘lovlari
Oldingi tahrirga qarang.
Lizing to‘lovlari lizing beruvchiga lizing obyekti qiymatining lizing oluvchi tomonidan qoplanishidan, shuningdek lizing beruvchining foizli daromadidan iborat bo‘ladi.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Lizing to‘lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi. Lizing to‘lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |