16-modda. Lizing beruvchi va lizing oluvchining o‘z huquqlaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi
Lizing beruvchi lizing oluvchini xabardor qilgan holda lizing shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlaridan to‘liq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Lizing oluvchi lizing beruvchining ruxsati bilan lizing shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlaridan to‘liq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing beruvchidan uchinchi shaxsga o‘tganda, lizing oluvchi bilan tuzilgan lizing shartnomasi yangi mulkdor uchun o‘z kuchini saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |