Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Ashyoni mehmonxonada saqlash



Download 0,5 Mb.
bet204/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

899-modda. Ashyoni mehmonxonada saqlash
Mehmonxona unda yashayotgan shaxs tomonidan olib kirilgan ashyolarning yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi sifatida alohida kelishuv bo‘lmagan taqdirda ham javob beradi, ashyo yengib bo‘lmaydigan kuch, ashyoning o‘z xossalari oqibatida yoki mehmonxonada yashovchining o‘zi, uning hamrohlari yoki uning yoniga kelgan shaxslar aybi bilan yo‘qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan hollar bundan mustasno.
Mehmonxona xodimlariga ishonib topshirilgan ashyo yoki mo‘ljallangan joyga (mehmonxona nomeri va boshqalarga) joylashtirilgan ashyo mehmonxonaga olib kirilgan ashyo deb hisoblanadi.
Pul, boshqa valyuta qimmatliklari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho ashyolar saqlash uchun alohida omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha qabul qilib olingan bo‘lsagina, mehmonxona ularning yo‘qolganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Mehmonxonada yashayotgan, o‘z ashyolarining yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligini bilib qolgan shaxs mehmonxona ma’muriyatiga bu haqda kechiktirmay xabar qilishi shart. Aks holda mehmonxona ashyolarning to‘liq saqlanmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Mehmonxona bu yerda yashayotgan shaxslarning ashyolari saqlanishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmasligini e’lon qilgan taqdirda ham, javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Mehmonxonalarda talab qilib olinmagan ashyolarni saqlash muddatlari va ularning taqdiri ushbu Kodeks 897-moddasining beshinchi qismida yozib qo‘yilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi.
Ushbu moddaning qoidalari motellar, dam olish uylari, sanatoriylar, yotoqxonalar, hammomlarda, shuningdek tashkilotga keladigan fuqarolarning ashyolarini saqlash uchun maxsus ajratilgan joylarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarda ham ashyolarni saqlashga nisbatan qo‘llanadi.
900-modda. Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr)
Sekvestr to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha ashyoga egalik qilish xususida oralarida nizo chiqqan ikki yoki bir necha shaxs nizoli ashyoni uchinchi shaxsga beradilar. Uchinchi shaxs nizo hal bo‘lgach, ashyoni sud qarori bilan yoki nizolashayotgan hamma shaxslarning kelishuviga muvofiq kimga tegishli bo‘lsa, o‘sha shaxsga qaytarib berish majburiyatini oladi (shartnoma sekvestri).
Nizoli ashyo sudning qaroriga ko‘ra sekvestr tartibida saqlash uchun topshirilishi mumkin (sud sekvestri).
Oldingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan tayinlangan shaxs ham, shuningdek bahslashayotgan taraflarning o‘zaro kelishuviga muvofiq belgilanadigan shaxs ham sud sekvestri bo‘yicha omonat saqlovchi bo‘lishi mumkin. Har ikkala holda ham, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat saqlovchining roziligi talab qilinadi.
(900-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sekvestr tartibida saqlashga ko‘char mulklar ham, shuningdek ko‘chmas mulklar ham topshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” (2010-yil 29-dekabr, ro‘yxat raqami 2174), Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari to‘g‘risida nizom”.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish