Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim



Download 0,5 Mb.
bet118/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

670-modda. Loyiha-smeta hujjatlari
Pudratchi qurilish va u bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni ishning hajmi, mazmuni va ularga qo‘yiladigan boshqa talablarni belgilaydigan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 396-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” (09.09.2019-y., ro‘yxat raqami 3180).
Qurilish pudrati shartnomasida boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, pudratchi loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan hamma ishlarni bajarishi shart, deb taxmin qilinadi.
Qurilish pudrati shartnomasida loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi va mazmuni aniqlangan, shuningdek qaysi taraf va qancha muddatda tegishli hujjatlarni taqdim qilishi lozimligi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Pudratchi qurilish davomida loyiha-smeta hujjatlarida hisobga olinmagan ishlarni va shu munosabat bilan qo‘shimcha ishlarni bajarish va qurilishning smeta qiymatini oshirish zarurligini aniqlasa, bu to‘g‘rida buyurtmachiga xabar berishi shart.
Pudratchi buyurtmachidan o‘n kun ichida o‘z xabariga javob olmagan taqdirda, agar qonunda yoki qurilish pudrati shartnomasida buning uchun boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, tegishli ishlarni to‘xtatib, bekor turib qolish natijasida ko‘rilgan zararni buyurtmachining zimmasiga yuklashi shart. Agar buyurtmachi qo‘shimcha ish bajarish zarurati yo‘qligini isbotlasa, bu zararni qoplashdan ozod etiladi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida belgilangan majburiyatlarni bajarmagan pudratchi, agar buyurtmachining manfaatini ko‘zlab, xususan ishning to‘xtatilishi qurilish obyektining nobud bo‘lishiga yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lganligi munosabati bilan darhol harakat qilish zarur bo‘lganligini isbotlay olmasa, u bajargan qo‘shimcha ishi uchun buyurtmachidan haq to‘lashni va shu tufayli ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Qo‘shimcha ish bajarish va unga haq to‘lashga buyurtmachi rozi bo‘lsa, bu ishlar pudratchining kasb faoliyati sohasiga kirmaydigan yoki u o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ularni bajara olmagan hollardagina pudratchi mazkur ishlarni bajarishdan bosh tortishga haqli.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6,6.4-bandi, 7-bandining uchinchi xatboshisi.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish