814-modda. Chek bo‘yicha pul to‘lashdan bosh tortganlikni tasdiqlash Chek bo‘yicha pul to‘lashdan bosh tortganlik quyidagi usullardan biri bilan tasdiqlanishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang. notarius tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda norozilik bildirish;
(814-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) pul to‘lovchi chekka u bo‘yicha pul to‘lashdan bosh tortganligi haqida belgi qo‘yilib, chek haq to‘lash uchun taqdim etilgan sanani ko‘rsatish;
inkasso qiluvchi bankning chek o‘z vaqtida taqdim etilganligi va u bo‘yicha pul to‘lanmaganligi haqida, sanasini ko‘rsatgan holda belgi qo‘yishi.
Norozilik yoki shu kabi harakat chekni haq to‘lash uchun taqdim etish muddati tugaguncha amalga oshirilishi kerak.
Agar chek muddatning oxirgi kunida taqdim etilgan bo‘lsa, norozilik yoki shu kabi harakat keyingi ish kunida amalga oshirilishi mumkin.
815-modda. Chek bo‘yicha pul to‘lanmaganligini xabar qilish Chek saqlovchi pul to‘lanmaganligi haqida norozilik bildirilgan yoki shu kabi harakat amalga oshirilgan kundan keyingi ikki ish kuni mobaynida o‘z indossantiga va chek beruvchiga xabar qilishi shart.
Har bir indossant bildirish olgan kundan keyingi ikki ish kuni ichida o‘zi olgan bildirish haqida o‘zining (oldingi) indossantiga xabar berishi shart. O‘sha shaxs uchun aval bergan shaxsga ham shu muddatda xabar yuboriladi. Ko‘rsatilgan muddat davomida xabar yubormagan shaxs chek bo‘yicha o‘z huquqlaridan mahrum bo‘lmaydi. U chek bo‘yicha pul to‘lanmaganligini xabar qilmagani tufayli keltirilgan zararning o‘rnini chek summasi doirasida qoplashi shart.
816-modda. Chek bo‘yicha pul to‘lamaslik oqibatlari To‘lovchi chek bo‘yicha pul to‘lashdan bosh tortgan va bu hol ushbu Kodeksning 814-moddasiga muvofiq tasdiqlanganida chek saqlovchi o‘z xohishiga ko‘ra chek bo‘yicha majburiyatli bo‘lgan bitta, bir necha yoki barcha shaxslarga (chek beruvchi, avalchilar, indossantlarga) nisbatan da’vo qo‘zg‘atishga haqli bo‘lib, ular chek saqlovchi oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
Chek saqlovchi mazkur shaxslardan chek summasini, chek bo‘yicha pul olishga qilgan o‘z chiqimlarini, shuningdek foizlarni ushbu Kodeks 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda to‘lashni talab qilishga haqli. Xuddi shunday huquqqa chek bo‘yicha pul to‘lashi shart bo‘lgan shaxs ham chek bo‘yicha pul to‘laganidan keyin ega bo‘ladi.
Chek saqlovchining ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan da’vosi chekni haq to‘lashga taqdim etish muddati tamom bo‘lgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida qo‘zg‘atilishi mumkin. Majburiyatli shaxslarning bir-birlariga nisbatan da’volari bo‘yicha regress talablari tegishli majburiyatli shaxs talabni qondirgan kundan yoki unga da’vo qo‘zg‘atilgan kundan boshlab olti oy o‘tgach qoplanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi Nizom”ning VIII bobi, 6-ilovasi. [OKOZ: