Fuqarolik pozisiyasi tushunchasi va uni shakllantiradigan asosiy omillar?



Download 27,57 Kb.
bet2/11
Sana27.07.2021
Hajmi27,57 Kb.
#130422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ik319-Xusanov-Iskandar-((((14-mavzu))

Fuqarolik ongi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy sohalarda me’yoriy, shakllantiruvchi, yo‘naltiruvchi, muloqotga etaklovchi singari rang barang vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar ta’sirlashgan holda o‘zaro kesishadilar va bir-birini to‘ldiradi. Ularning ko‘pchiligi davlat va uning institutlariga xosdir. Ammo davlat organlari qonunlar, me’yoriy hujjatlar, qoida va talablardan iborat huquqiy doirada faoliyat yuritsa, fuqarolik ongi erkin shakllanadi. Fuqaroviy ong me’yorlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlar natijasida shakllanadi, uni muvofiqlashtiradigan yoki uni amalga oshiradigan maxsus tuzilmalar bo‘lmaydi. Fuqarolik ongining vazifalari alohida individ emas, balki butun jamiyat faoliyati bilan bog‘liq.

Fuqarolik ongi jamiyat hayotida turli shakllarida namoyon bo‘ladi. Kishilar shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlar borasida o‘z qarashlari, tasavvurlari, qadriyatlari, intilishlari, me’yorlarini turli ko‘rinishlarida namoyon etishadi. Jamiyat, guruhlar, shaxsning ijtimoiy manfaatlari namoyon bo‘ladigan fuqaroviy manfaatlar tizim holiga keladi. Aynan tizim holida bo‘lganligi tufayli fuqaroviy manfaatlar har bir shaxsning qadriyatlarini hayotga tatbiq etadi, uning jamiyatga, davlatga, boshqa fuqarolarga nisbatan munosabatini shakllantiradi. Fuqaroning mas’uliyati, maqsadlari, vazifalarini belgilashga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashadi. Aynan ana shu tarzda shakllangan fuqaroviy ong fuqarolik jamiyatining shakllanishiga xizmat qiluvchi qadriyatlar, me’yorlar, g‘oya hamda tasavvurlarni shakllantirish, jamiyatni komillik va erkinlikka etaklashga xizmat qiladi.Fuqarolik jamiyati bir necha avlod almashinuvini talab etadigan jarayon bo‘lgani singari fuqaroviy ong ham tarixiy davr mobaynida shakllanadi. Har bir mamlakatdagi fuqaroviy ong shu mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tizimning tabiatiga mos ravishda shakllanadi. SHu mamlakatga xos bo‘lgan ijtimoiy tizim, aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi.

Fuqarolik ongi tabiiy va tadrijiy taraqqiyot mahsuli bo‘lib, uni sun’iy jihatdan tezlashtirish mumkin emas. U ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy omillar negizida tadrijiy tarzda shakllanadi. Har bir avlod mavjud demokratik qadriyatlarni o‘zlashtiradi va yangilarini yaratadi. Bu jarayonda fuqarolik ongini belgilab beruvchi me’yorlar va qadriyatlarni saqlash hamda uzluksiz takomillashtirish eng muhim faoliyat hisoblanadi.

Turli ijtimoiy sub’ektlarning o‘zaro ta’sirlashuvi ro‘y beradigan va manfaatlari amal qiladigan jamiyat munosabatlariga fuqaroviy ong kirib boradi va ularni aks ettiradi. SHuningdek, u kishilararo munosabatlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ularga aniqlik, mazmun va shakl bag‘ishlaydi. Kishilarning ijtimoiy hayot hamda davlatga nisbatan, shaxs bilan davlat o‘rtasida haqiqiy va me’yoriy munosabatlar to‘g‘risidagi tasavvurlari fuqaroviy ongda mujassamlashgan.

Ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa me’yorlar, talablar, tamoyillir, qoidalar umumiy fuqaroviy dunyoqarash shaklida fuqaroviy ongning tarkibiy elementlari sifatida namoyon bo‘ladi.

Demokratik jamiyatning barqarorligi demokratik qadriyatlar bilan boyishni taqozo etadi. Bu jarayon jamiyatdagi fuqarolarning ijtimoiy erkin sharoitda yashashga qanchalik tayyor ekanliklari, ya’ni shaxslarning fuqaroviy etukligi va faolligiga bog‘liq. O‘z navbatida fuqaroviy etuklik va fuqaroviy mus’uliyat jamiyat a’zolarining fuqaroviy ongi darajasi bilan belgilanadi. Aynan fuqaroviy ong jamiyatning ma’naviy, intellektual hamda ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini shakllantiradi.

Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtirishga xizmat qiladi, umumiy manfaatlar yo‘lida fuqarolar o‘rtasida kelishuv bo‘lishiga xizmat qiladi. Jamiyatda ro‘y beradigan turli ijtimoiymadaniy omillar ta’sirida fuqaroviy ong o‘zgarib boradi va fuqaroviylik to‘g‘risidagi g‘oyalar taraqqiyotida o‘z aksini topadi.

Davlat va jamiyat, davlat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarning tabiati haqidagi bilimlarning kengayishi “fuqaroviylik” tushunchasini qayta qayta tafakkur qilishni taqozo etadi. Ijtimoiy jarayonlar natijasida sayqallangan fuqaroviy madaniyat va fuqaroviy ong kishilarni iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy jihatdan shakllantiradi.



Download 27,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish