Fuqorolik jamiyatining asosiy belgilari va tamoyillar
Reja:
1. Fuqarolik jamiyatinng asosiy belgilari;
2. Fuqarolik jamiyatining asosiy omillari;
3. “Temur tuzuklari”da jamiyat muammolari;
4. “Avestoda”gi jamiyat muammolari.
Fuqarolik jamiyatining tarixiy negizlari.
G`arbiy Yevropa-fuqarolik jamiyatining eng soda ko‘rinishdagi o‘choqlari bo‘lib, ba’zi mintaqalarda sinfiy jamiyatlar bilan uyg‘unlashgan;
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish muammolari asosan XVII asrda G.Grotsiy, T .Gobbs, D.Lokk, XVIII asrda J.J.Russo, Sh.Monteske, V .Gumboldt, D.Viko kabi mutafakkirlar tomonidan o‘rganilgan;
Antik davr -Aristotelning siyosiy-huquqiy qarashlarida ilk bora fuqarolik jamiyatiga oid fikrlari.
Yangi davrda fuqarolik jamiyatining taraqqiyoti.
Yangi davrda Yevropa va keyinchalik, Amerika singari yirik mintaqalar miqyosida fuqarolik jamiyati taraqqiyoti uch bosqichda amalga oshgan:
Dastlabki bosqichda (taxminan XVI-XVII asrlarda), fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy asoslari vujudga kelgan;
XVII asrning oxiridan XIX asrning yakuniga qadar bo‘lgan ikkinchi bosqichda eng rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati huquqiy jihatdan tenglik va xususiy tadbirkorlikka asoslangan dastlabki kapitalizm ko‘rinishida shakllandi.
XX asrda fuqarolik jamiyatining uchinchi bosqichi – ya'ni uning ijtimoiylashuv davri boshlandi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari
-erkin individlar uyushmasi;
- o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma;
- murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuratilstik tizim;
- o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim.
Fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillari
- siyosiy sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi;
- butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi;
- individlarni mulkka ega bo‘lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqigaasoslangan iqtisodiy mustaqilligi;
- qonun bilan kafolatlangan fuqarolarni manfaatlari, kasbiy belgilari bo‘yicha davlatdan va partiyadan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari;
- partiya va fuqarolikharakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi;
fuqarolarni erkin, madaniyatli,ma’naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a’zolarini qonun oldida ma’ suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta’lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa sharoitlarni yaratish;
- faqat qonun bilan cheklangan davlat senzurasidan tashqari OA V yaratish va faoliyat yurgizish erkinligi;
- davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatni barqarorlashtiradigan mexanizmni (konsensus mexanizmi) mavjudligi;
hamda fuqarolik jamiyatini ishlashini davlat organlari tomonidan xavfsizligini ta’minlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |