A.Temur o’z tuzuklarida
Shu davrning yirik klassik namoyondalardan biri Alisher Navoiydir. U nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qo’shadi ayniqsa, adolatsizlik va zulm davlatni tanazzulga, jamiyatni jaholatga olib kelishi to’g’risidagi qarashlari o’z ifodasini topadi: "…davlat ishi bilan mashg’ul amaldorlik chog’larimda kuo’gil mulkini turli odatlarning hujumi bulg’aladi. Goh amirlik o’rnida o’tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arz-dodini surdim va goh podshoh yonida vazirlik
qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko’rsatdim "deydi.
Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan o‘rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari muhim manba hisoblanadi.
Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining Yevropacha an’anasi antik ildizlarga ega. Mazkur an’ananing mazmun mohiyati nafaqat siyosiy, balki shaxsni ijtimoiy-ahloqiy nuqtai nazardan baholash bilan bog‘liq edi. Bunga Aflotun, Arastu, Sitseron kabi mutafakkirlarning qarashlarini misol keltirish mumkin.
Fuqarolik jamiyatining antik konseptual ta’limotida jamiyat va davlat fenomenlarining uzviyligi qadimgi yunon dunyoqarashining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani hozirgidek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan. Bunda jamiyat hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida namoyon bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati g‘oyasining keyingi rivoji Aflotunning shogirdi Arastu(mil. av. 384–322 y.) ijodi bilan bog‘liq. Ustozi kabi Arastu ham eng mukammal jamiyat g‘oyasini ishlab chiqishga diqqat e’tiborini qaratadi, biroq fuqarolik jamiyati g‘oyalari tarkibida bu masala o‘zgacha nazariy jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko‘proq ijtimoiy transformatsiya emas, balki davlat tuzilmasidagi o‘zgarishlar qiziqtiradi. Bundan tashqari Arastu o‘zining nazariy ishlanmalarida davlat haqidagi mavhum g‘oyaga tayanishni emas, jumladan Aflotunga xos bo‘lgan, balki voqelikda mavjud bo‘lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu jihat esa uning davlat va jamiyat borasidagi pozitsiyasini konkretroq bo‘lishini ta’minlaydi.
Qadimgi rim mutafakkiri Mark Tuliy Sitseron (mil. av. 10643 yillar) ham jamiyat va davlat (respublika)ni tenglashtiradi. Sitseronning «Davlat haqida» va «Qonunlar haqida» asarlari davlat va huquq muammolariga bag‘ishlangan. Sitseron konsepsiyasiga ko‘ra, “fuqarolik jamiyati” g‘oyasi antik davr uchun klassik ahamiyatga ega bo‘ladi, bu o‘z navbatida yangi davrda shakllangan nazariy qarashlarga asos bo‘ladi. Ko‘pgina ekspertlar fikricha, aynan Sitseronning ijtimoiy-siyosiy ta’limotida “fuqarolik jamiyati” o‘zining tushunchaviy asoslariga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |