FUQAROLIK JAMIYATI
Nuriddinova Sitora Diyorbek qizi
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika institutining “Tarix va Tillar” fakulteti Milliy G’oya Ma’naviyat Asoslari va Huquq Ta’limi yo’nalishining 19/2guruh talabasi.
“Fuqarolik jamiyati- haqiqiy fuqarolardan, ya’ni uzviy bog’liqlikda bo’lgan hamda ahloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma bosqich oʻtish orqali roʻy beradi.”1
1 Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi “Toshkent-2000” word+ссылки+вставить сноску
“Shaxs deganda faqat fuqarolar tushunilmaydi. Fuqarolik huquqiy munosabatida fuqarolar bilan bir qatorda boshqa shaxslar ham ishtirok etadi. Fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilari bir-birlari bilan bog’liq bo’lsalar ham o’zaro mustaqildirlar. Ular o’z xoxishlari bilan bu munosabatga kiradilar. Agar fuqarolik huquqiy munosabatidagi shaxslar o’rtasida nizo vujudga kelsa, bunday holatlarni sud, fuqarolik sudi ko’rib chiqadi va da’vogarga keltirilgan ziyonni qoplash to’g’risida qaror qabul qiladi.”1word+ссылки+вставить сноску
Gegelning fikricha, «Fuqarolik jamiyati − eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan ehtiyojlar tizimi, shuningdek oila, tabaqa, davlat tuzumi, huquq, axloq, burch, madaniyat, ta’lim-tarbiya, qonunlar va ulardan kelib chiqadigan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalardan iborat». Uning ta’biri bilan aytganda, tabiiy, «madaniyatsiz» holatdan odamlar fuqarolik jamiyatiga kirib kelishlari kerak, zero, ana shu jamiyatda huquqiy munosabatlar haqiqatga aylanadi.2 word+ссылки+вставить сноску
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,fuqarolik jamiyati qaror topgan davlatda fuqarolar erkin, farovon bõladi . Mamlakat esa yuksalgandan yuksalib boraveradi.
Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan balki uning a'zolari bo’lmish fuqarolarning o’zlari orqali saqlab turiladigan va qat'iy tartib qaror topgan jamiyatdir
___________________________________________________________________________________________
1O.Karimova-“Huquqshunoslik” “Sharq”nashriyoti Toshkent-2010,59-bet
2Гегел”Работы работы разных лет”Москва,1973.ст-50
Do'stlaringiz bilan baham: |