25
Birinchidan,
mamlakatda iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirish barobarida
qonuniy asosda faoliyat yuritishga qodir bo’lgan o’rta mulkdorlar qatlamini
shakllantirish zarur. Sho’ro tizimini boshidan kechirgan mamlakatlarning
aksariyatida, ayniqsa, mustaqillikning dastlabki davrida
tadbirkorlikni firibgarlik
bilan hamohang tushunish keng tarqalgan edi. Aslida bozor munosabatlari
rivojlangan, ayniqsa, sanoatlashgan mamlakatlarda jamiyatga eng ko’p foyda
keltiruvchi, ayni vaqtda eng durust qatlam aynan mulkdorlar qatlami bo’lgan. Bu
sharoitda davlat erkin faoliyatga sharoit yaratish bilan bir vaqtda ularni faqat va faqat
qonun doirasida ish yuritish ko’nikmasini shakllantirish kerak.
Ikkinchidan,
jamiyatda erkin bozor munosabatlarini rivojlantirish barobarida
ijtimoiy tabaqalashuvning qutblashuviga yo’l qo’ymaslik
ham kuchli fuqarolik
jamiyatini barpo etish davlat oldida turgan murakkab masalalardan biridir.
Uchinchidan,
davlat ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga mas’ul bo’lgan
yagona institut bo’lish bilan bir qatorda bosh islohotchi sifatida erkin bozor
munosabatlarini ham rivojlantirish vazifasini ham ado etishi zarur. Erkin bozor
munosabatlari yangi sharoitdagi iqtisodiy faoliyatda
turli noqonuniy xatti-
harakatlarga ham yo’l ochishini nazarda tutadigan bo’lsak, davlat oldida qanchalik
murakkab vazifa turganligini anglash mumkin.
To’rtinchidan,
mamlakat iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishni o’z
zimmasiga olish darajasida qudratli, ayni vaqtda fuqarolik jamiyatining negizini
tashkil etadigan xususiy sektorni shakllantirish ham
davlat oldida turgan ulkan
vazifalardan biridir.
Xulosa qilib aytganda fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslari o’ta
murakkabligi bilan turli savollarni yuzaga keltiradi. Bu esa, avvalo, erkin bozor
munosabatlari borasida yuzaga keladigan munozaralarga borib taqaladi. Fuqarolik
jamiyati nuqtai nazaridan bozor sharoitida davlatning ahamiyati alohida e’tibor talab
etadi.
Shunday qilib fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asosini xususiy mulkka
tayanadigan ko’p ukladli bozor iqtisodiyoti tashkil etadi.
Shunday ekan
mamlakatimizda o’rta mulkdorlar qatlamini shakllantirish jarayonini jadallashtirish
26
zarur. Zero, bugun davlatning zimmasida bo’lgan ko’plab vazifalarni fuqarolik
jamiyati rivojlanishi bilan aynan o’rta qatlam o’z zimmasiga oladi. Bu esa ixtiyoriy
va ko’ngilli uyushmalar yordamida rivojlanadigan, sog’lom raqobatga tayanadigan
bozor qadriyatlari ustuvor bo’lgan tom ma’nodagi fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: