13
aytganda, ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan fuqarolik huquqlari,
deb atalgan
barcha huquqlar kafolatlangan[27; 245-б.].
Taxminan XVII asrning oxiridan XIX asrning yakuniga qadar bo’lgan
ikkinchi bosqichda
eng rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati huquqiy
jihatdan tenglik va xususiy tadbirkorlikka asoslangan dastlabki kapitalizm
ko’rinishida shakllandi.
XX asrda fuqarolik jamiyatining
uchinchi bosqichi
, ya’ni uning
ijtimoiylashuv davri boshlandi. Yevropa xalqlari antik polislardan tortib,
feodalchilik orqali taraqqiyotning shunday pallasiga yetib keldilarki, bu davrda
mustaqil, ammo o’z shaxsiy manfaatlari yo’lida birlashishga qodir bo’lgan kishilar
jamoasi hamda fuqarolik jamiyatining boshqa zaruriy elementlari vujudga keldi.
Buning natijasida fuqarolik jamiyatining tub mohiyati
haqida tafakkur qilishga
imkoniyat paydo bo’ldi. Bu yangi vaziyat g’arbda insonlarning siyosiy va iqtisodiy
huquqlarini qonun doirasida tan olish asosiga qurilgan mafkura, ya’ni liberalizmda
o’z ifodasini topdi. Shunday qilib, antik davrda berilgan turtki o’rta asrlarga kelib
g’arbiy Yevropada qabul qilingan va o’ziga xos o’zgarishlarga asos bo’lgan holda
Yangi davrda ro’y bergan burjua inqiloblari orqali, tom ma’nodagi hodisa sifatida,
fuqarolik jamiyatining paydo bo’lishiga olib keldi.
Bu davrning boshlanishi vakillik hokimiyati, ya’ni umumxalq nomidan ish
ko’ruvchi boshqaruv usuliga asos soldi. Buning uchun kishilarning tenglik asosida
huquq va erkinliklarga egaligi qonunlar asosida tan olindi. Sinfiy notenglikning
umumiy huquqiy tenglik bilan almashinishi shaxsning yangi mazmundagi ijtimoiy
mavqeini belgilab berdi. Endi ijtimoiy va mulkiy holatidan qat’i nazar kishilar
ijtimoiy munosabatlarda erkin va teng huquqli ishtirokchi sifatida tan olindi.
Jamiyatdagi huquqiy tenglik barchaning tom ma’noda
iqtisodiy jihatdan
tengligi emas, balki kishilardagi mavjud imkoniyatlarni tenglashtirishni anglatadi.
Bu holatning o’ziga xosligi shundaki, mulkiy imkoniyatlardan qat’i nazar huquqiy
tenglik, ya’ni huquqiy jihatdan teng imkoniyatlarga ega bo’lish kishilardagi ichki
qobiliyatning namoyon bo’lishiga imkon yaratdi.
14
Fuqarolik jamiyatining paydo bo’lishiga qadar aksariyat mamlakatlarda
mutlaq monarxiya tizimlari amalda bo’lgan. Davlat shaxs hayotini sinfiy tizim
qoidalari asosida qattiq chegaralar edi. Davlat birgina monarx timsolida ba’zi
sinflarga keng imtiyozlar bersa, boshqalarini barcha imkoniyatlardan mahrum qilar
edi. O’sha davrda davlatning bunday vaziyatga nisbatan munosabati ijobiy
bo’lganligini ta’kidlash qiyin, albatta. Dastlabki davrlarda
fuqarolarning muxtor
uyushmalari tomonidan shakllantirilgan, hokimiyatdan xoli bo’lgan gorizontal
ijtimoiy aloqalarning rivojlanishi markazlashgan davlat tomonidan jiddiy
qarshilikka uchragan. Biroq, keyinchalik davlat fuqarolar tomonidan tashkil etilgan
uyushmalar bilan nafaqat murosaga kelish, balki o’z
tuzilmalarini xalqning
ehtiyojlariga moslash, boshqacha aytganda aholi bilan o’z munosabatlarini huquqiy
jihatdan tartibga solishga majbur bo’ldi. Ayni vaqtda barcha mamlakatlarda ham
davlat bilan fuqarolik jamiyati o’rtasidagi munosabatlar huquqiy negizda tartibga
solinganini ta’kidlash qiyin.
Mutlaq monarxiya boshqaruv tizimidan demokratiyaga o’tish davlat va
fuqarolik jamiyatini huquqiy me’yorlarga bo’ysundirish, hokimiyatning bo’linishini
ta’minlash bilan boshlandi. Biroq davlat va fuqarolik jamiyati munosabatlari,
aniqrog’i davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga aralashuvining
darajasi har bir
mamlakatda o’ziga xos tarixiy shaklga ega[47; 39-б.].
Umuman olganda davlat hokimiyatining barcha organlari xalq manfaatlari
yo’lida harakat qilishlari shart, agar ular xalq manfaatlarini poymol etsalar,
o’zlarining bevosita vazifalarini bajarmas, birinchi
galda xalqning farovonligi
haqida qayg’urmas ekan, xalq uni o’zgartirish, tugatish va yangisini barpo etish
huquqiga ega.
Fuqarolik jamiyati masalalarini o’rganishda klassik
yondashuvlar
barobarida,
albatta
zamonaviy
yondashuvlarni ham o’rganish zarur. Zero, bu hodisa asrlar
osha o’zining klassik mohiyatini saqlab qolgan bo’lsa-da,
uning ta’rifi va tuzilmasi davr o’tishi mobaynida o’zgacha
tus olmoqda. Fuqarolik jamiyatiga nisbatan bildirilayotgan
Do'stlaringiz bilan baham: