Umuman olganda
Harakatlar strategiyasiga muvofiq Xalq bilan muloqot va
inson manfaatlari yili Davlat dasturi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy
o’rta ta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni
rivojlantirish chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, 2017 yil davomida 106
maktabgacha, 268 umumta’lim, 44 o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
117
rekonstruksiya qilindi, 195 maktabgacha, 90 umumta’lim, 91 o’rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalarini kapital ta’mirlandi, 9 yangi maktab qurildi, mebel,
o’quv laboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta’minlandi.
Dasturda bolalar sportining ommaviyligini oshirish maqsadida 251 umumta’lim
maktabi, 12 bolalar-o’smirlar sport maktabida sport zallari qurish, 9 yopiq suzish
havzasini barpo etish va ikkitasini rekonstruksiya qilish, sakkizta yangi san’at va
musiqa maktabi qurish va 12 tasini rekonstruksiya qilish ko’zda tutildi[59].
Bundan tashqari, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori
malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, jumladan, o’rta maxsus va
kasb-hunar ta’limi muassasalari tizimi optimallashtirildi. Bu hozirgi va istiqboldagi
kadrlarga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar
sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo’jaligini malakali
mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash
imkonini beradi.
Shuningdek, har bir tuman markazida ishsiz fuqarolarni kasbga o’qitish va
qayta tayyorlash bo’yicha kasb-hunar kollejlari bazasida (mashg’ulotlardan bo’sh
vaqtda) qisqa muddatli kurslarni tashkil etish hamda mehnat bozori talablariga
asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va
o’quv kurslarini o’tkazish bo’yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini
rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirni ishlab chiqilishi mehnat bozori
talablarini qisqa muddatlarda qanoatlantirish hamda aholi bandligini ta’minlashda
muhim o’rin tutadi.
Muxtasar qilib aytganda Harakatlar strategiyasining barcha yo’nalishlari
qatorida aynan ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va fanni rivojlantirishga qaratilgan
maqsadli chora-tadbirlarda kelajak avlodning orzu-istaklari, manfaatlari ifoda
etilganligi yoshlarni juda quvontirib kelmoqda. Ayniqsa, mazkur hujjatda
belgilangan maqsadlar doirasida Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Oliy o’quv
yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi farmonga asosan
mamlakatimizda oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limning uch yilga mo’ljallangan ikki
118
bosqichli tizimga o’tilishi yosh olimlarning ilmga bo’lgan qiziqishimizni yanada
oshirdi.
Qolaversa, Harakatlar strategiyasiga asosan 2017 yilda Yoshlarga oid davlat
siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar dasturini ishlab
chiqish va tasdiqlash belgilangani ham muhim ahamiyatga ega. Mazkur dastur
doirasida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish,
yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng
dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash,
iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga
chiqarishga ko’maklashish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-
hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi quvonarli holdir. Bu o’z navbatida
yoshlarni mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan istiqbolli maqsadlar
ro’yobida faol ishtirok etishga undaydi.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |