Individ
– inson zotining
alohida olingan nusxasi, uning vakillaridan biri.
SHaxs
esa u yoki bu inson sifatida namoyon
bo’lib, u ma’lum va betakror individuallikka ega bo’ladi. Individning jamiyatga kirish
jarayonlari uning ijtimoiylashuvini tahminlaydi.
Ijtimoiy munosabatlar
ga kirishish natajasida
individning jamiyatdagi qadriyatlar va mehyorlarni o’zlashtirib borishi uchun zamin yaratiladi.
Bu jihatdan yondashganda, u ijtimoiy tahsir ob’ektidir. SHuningdek, individ ijtimoiylashuv
oqibatida jamiyatdagi turli munosabatlarda faollashadi va bunda u
ijtimoiy munosabatlar
sub’ekti sifatida harakatlanuvchi shaxsga sub’ektga, kuchga aylanadi.
Navoiy “ Hayratul abror” asarida komil inson haqida to’xtalib, dunyoda insondandan
ulug’roq kamolat yo’q, deydi:” menga ne yoru, ne oshiq havasdir. Agar men odam ulsam, ushbu
bastir”.
Komil inson insonlar jamiyatidan yetishib chiqadigan mo’htabar zotdir. U azaldan
martabasi aniq bo’lgan ruh emas, balki axloqiy-manaviy poklanish jarayonida kamolga
erishgandir.
Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqaro erkinligi, huquqlari
va manfaatlari bosh mavzulardan biri bo’lib, uning huquqiy asoslari Asosiy qonun va boshqa
normativ hujjatlarda o’z ifodasini topgan. Prezident Islom Karimov mustaqillikning ilk
davrlaridanoq mamlakatning strategik maqsadlarini aniq va ravshan belgilab berdi va davlat
vakolatlarini asta-sekinlik bilan bosqichma-bosqich nodavlat va jamoat tashkilotlari zimmasiga
o’tkazish, o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish orqali demokratik jarayonlarni
chuqurlashtirish zarurligini bayon etgan edi. Prezidentimiz I.Karimov mamlakatning siyosiy,
iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishning yangi kontseptsiyasini
ishlab chiqdi. Bunga ko’ra:
1. Demokratik institutlar faoliyatlari ko’lamini kengaytirish.
2. Aholining siyosiy faolligini kuchaytirish va siyosiy madaniyatini oshirish.
3. Jamiyatda manfaatlar, turli xil qarashlar, siyosiy va ehtiqodiy raqobatlar o’rtasidagi
muvozanatni ta’minlash.
4. Jamoat birlashmalarining ijtimoiy mavqeini oshirish.
5. Siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirish.
6. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish.
7. Davlat qurilishini erkinlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish.
8. Hokimiyat bo’linish printsiplarining insoniyat umumehtirof etgan tamoyillarini amalda
qo’llash.
9. Davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini nodavlat va jamoat birlashmalariga
o’tkazish va boshqalar.
O’zbekiston Konstitutsiyasining 2-bo’limi «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
erkinliklari va burchlari» deb nomlangan. Unda 1) jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, ehtiqodidan qathiy nazar, Hammaning qonun oldida tengligi ko’rsatilgan. 2) Sud
qarorisiz uning huquqini cheklash mumkinmas. 3) Fuqarolar qonunga putur yetkazmasligi shart.
1992 yil 2 iyulda «O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida»gi qonun qabul qilindi.
1995 yil 21 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi I-qismi tasdiqlandi. 1996 yil
29 avgustda fuqarolik kodeksining 2-qismi tasdiqlandi. O’zbekiston qonunlariga ko’ra
fuqarolarning asosiy huquqlariga: 1) SHaxsiy huquq va erkinliklar, 2) Siyosiy huquqlar, 3)
Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, 4) Kafolatlar, 5) Fuqarolik burchlarini o’z ichiga qamrab oladi.
1948 yil 10 dekabrda «Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi» qabul qilindi. 1996 yil 19
33
dekabrda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt qabul qilindi. 1966
yil 19 dekabrda «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt» qabul qilindi.
Mazkur hujjatlarda fuqaro erkinligi, kafolatlari, huquqlari va manfaatlarining ustuvorligi
to’la tahminlanishi bayon etilgan. O’zbekiston hukumati inson huquqlari bo’yicha 21 ta xalqaro
shartnomaga qo’shilgan. 1997 yil Inson manfaatlari yili deb ehlon qilindi.
O’zbekiston inson huquqlari sohasida o’z siyosatini belgilashda 3 ta eng muhim
tamoyildan kelib chiqadi: 1. Normativ va tashkiliy jihatlardan xalqaro tajribaning ustuvorligi. 2.
Insonga homiylik qilishdek Vatanimiz tarixiy tajribasini hisobga olish. 3. Inson huquqlari
bo’yicha xorijiy milliy institular tajribasini hisobga olish. Demak, bu masala «fuqaro-jamiyat-
davlat» o’zaro munosabatlarini to’g’ri yo’lga soladi.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishining muhim ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan
iborat. Avvalo, mamlakatda dunyoviy davlat tamoyillariga inson huquqlari va suvereniteti
g’oyalariga sodiq bo’lish, demokratiya va ijtimoiy adolatni qaror toptirish, xalqaro huquqning
umumehtirof etilgan qoidalari ustunligini tan olish, respublika fuqarolarining munosib hayot
kechirishlarini ta’minlash, insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etish, bu borada
o’zbek davlatchiligining tarixiy tajribasiga tayanish, diniy tashkilotlar va birlashmalarni
davlatdan ajratilganligi, qonun oldida tengligi va milliy totuvligini ta’minlash kabi bir qator
qoidalarga amal qilish lozim bo’ladi. Lekin shu bilan birga Milliy davlatchilik va demokratik
jamiyat qurish borasida huquqiy davlatni qaror toptirish lozim. Buning uchun fuqarolar siyosiy
ongini faol oshirib borish ham zarur bo’ladi. Fuqarolar erkinligi, huquqlarining tan olinishi,
burchlarga rioya etilishi va ularning fuqarolar tomonidan ijrosi tahmin etilgan bo’lishini talab
qiladi. SHundagina “Fuqaro jamiyat davlat” o’rtasida o’zaro munosabatlar barqaror
rivojlanishiga olib keladi.
Prezident Islom Karimov mamlakatimizda fuqarolik jamiyati qurish masalasini
mustaqillikning dastlabki yillarida, o’zining «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”
asarida ham asoslab bergan edi. Bu masala
Do'stlaringiz bilan baham: |