Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Demokratik jamiyat qurishning umumjahon e’tirof etgan qonuniyatlari va uning O’zbekistonda o’ziga xos taraqqiyot yo’lining mavjudligi



Download 35,29 Kb.
bet5/5
Sana04.06.2022
Hajmi35,29 Kb.
#637038
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

4. Demokratik jamiyat qurishning umumjahon e’tirof etgan qonuniyatlari va uning O’zbekistonda o’ziga xos taraqqiyot yo’lining mavjudligi.
Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi natijasida O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish, fuqarolik jamiyati asoslarini yaratish kabi oliy maqsadni amalga oshirishga kirishdi. Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi O‘zbekiston oldida ma’suliyatli vazifani qo‘ydi.
O‘zbekiston qanday davlat quradi? Dunyo jamoatchiligi ham bunga alohida e’tibor bilan qaradi. O‘zbekistonning istiqloli va insonlarning taqdiri ham, ularning qanday hayot tarziga ega bo‘lishi, milliy-ma’naviy meros bilan umumbashariy tamoyillarning uyg‘unligini ta’minlash ham, O‘zbekiston oldida ko‘ndalang bo‘lib turgan davlatchilik qurilishining qanday asosda amalga oshirilishi bilan bevosita bog‘liq edi. O‘zbekiston islomiy davlat qurishni emas, balki dunyoviy davlat qurish yo‘lini tanladi. Buning ham o‘ziga xos sabablari mavjud. Buning uchun Dunyoviy davlatning islomiy davlatdan farqli jihatlarini, uning afzalliklarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, O‘zbekiston O‘rta Osiyoda islomga e’tiqod qiluvchi eng qadimiy zaminlardan biri bo‘lish bilan birga musulmonchilik ilmining islom olamida hamma tan olgan an’analariga ham ega. Islom madaniyati bir necha asrlar davomida o‘zbek xalqi ma’naviyatining asosi bo‘lib kelgan, hozir ham shunday. Shu bilan birga Birinchi Prezident I.A. Karimov, mamlakatni dunyoviy asosda rivojlantirish, dunyoviy davlat qurish yo‘lidan borishiga alohida ahamiyat berib keldi. Bu esa demokratik davlat qurilishida muhim omil hisoblanadi. Bu masalada Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov shunday degan edi: «Biz, bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, ahloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun din, bayroq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki bu holni davlatimiz xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida «Dunyoviy davlat» degan atama yo‘q bo‘lsada, uning mohiyati va tamoyillari bir qancha moddalarda ifodalangan. «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi» (61-modda). «Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib quyuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyat lar va uyushmalar tuzish taqiqlandi. ( 57-modda).
«O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas» (12-modda).
Dunyoviy davlatning muhim jihatlari quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ifodasini topgan:

  • inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik:

  • demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat:

  • xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olish:

  • respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlash:

  • insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etish:

  • o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasiga tayanish:

  • diniy tashkilotlar va birlashmalarni davlatdan ajratilganligi hamda qonun oldida tengligi.

Davlatning diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmasligi:

  • fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash:

  • hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglash:

O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishining huquqiy asoslari, uning Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilganligini va unga tayanib ish olib borishini anglatadi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish yo‘lining asoslari sobiq totalitar tuzumdan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:

  • yagona kommunistik mafkuraga tayanmaganligi bilan:

  • sinfiylik, partiyaviylik tamoyillaridan mutlaqo begonaligi bilan:

  • inson-eng ulug‘ ne’mat, degan fikrga asoslanilganligi bilan:

  • «davlat – jamiyat - fuqaro» munosabatidan tubdan farq qiladigan «fuqaro jamiyat davlat» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy asosga qo‘yilganligi bilan ajralib turadi.

Insoniyat sivilizatsiyasi Sharqda, Shimoliy Afrikada Nil, Osiyo qit’asidagi Dajla va Frot, Amudaryo va Sirdaryo, Gang, Yanszi va Xuanxe daryolari vohalarida boshlangani hozir hammaga ma’lum. Sivilizatsiya rivojlanishi markazida esa eng muhim unsurlardan biri sifatida har doim davlat instituti turadi. O‘rta Osiyo mintaqasi sivilizatsiyasining qadimiyligi bu erda davlatchilik bir necha ming yillik tarixga ega ekanligini bildiradi. Bunday zaminda mavjud davlatchilik salohiyati uning davomiyligini uzluksiz ta’minlashga qodir bo‘lgan. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A. Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48- sessiyasida (1993 yil) o‘zbek davlatchiligining tarixi 3000 yildan ortiqligi, bu hududda gullab-yashnagan davlatlar nafaqat Turon Movarounnahr Turkistondagina, balki jahon taraqqiyotida ham yorqin iz qoldirganligi haqida gapirganda to’la asosga ega edi.
Faqat tashqi kuchlar bosqinchiligi muayyan davrlardigina o‘zbek davlatchiligini yo‘qotishga ulgurgan. Ma’lumki, har qanday tarzda milliy davlatchilik uchun kurashning asosida xalqlarning o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilash huquqi yotadi. Bu o‘z navbatida siyosiy falsafada ham ifodalanib «suverenitet», «qonuniylik», kategoriyalari mazmunida mustahkam o‘rin oldi.
Biroq Sovet davlati sharoitlarida «xalqlarning o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilash huquqi» ham, «suverenitet» ham o‘ziga xos talqin etilgan. Xususan, sobiq SSSRning barcha Konstitutsiyalarida «ittifoqdosh Respublika» unvonidagi tuzilmalarning SSSR tarkibidan erkin chiqish huquqi saqlab qolinadi. Ular suveren deb ko‘rsatilgani holda, bu huquqdan qanday foydalanish qonun–qoidalari to‘g‘risida lom-mim deyilmagan. Hozirgi zamonda «milliy demokratik davlat», «milliy davlatchilik va demokratik jamiyat» tushunchalari ko‘proq ishlatilmoqda. Unga xos bo‘lgan jihatlar quyidagilarda o‘zining aniq ifodasini topadi:

  • demokratik normalarga tayanadigan huququy davlat:

  • demokratiyaga zid bo‘lmagan holda tarixiy an’analar va jamiyat hayotining muhim sohalaridagi milliy xususiyatlarning saqlanishi:

  • barcha fuqarolarning tengligiga asoslangan milliy siyosat olib borish:

  • uning geosiyosiy mavqei iqtisodiy, ma’naviy va harbiy texnik imkoniyatiga, salohiyatiga mos bo‘lishi:

  • fuqarolar ijtimoiy ongida demokratik tafakkurga amal qilinishi:

  • mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borishi:

  • o‘z taraqqiyot yo‘lini mustaqil tanlashi va amalga oshirishi:

O‘z qobig‘ida yashash mumkin emasligi qoidasiga tayanish ochiq demokratik davlat hisoblanadi. Bu milliy davlatchilikning demokratik jamiyatga zid emasligini ko‘rsatadi.
XX asrning so‘nggi choragi butun dunyo bo‘yicha demokratiyaning g‘olibona tarqalish davri bo‘ldi. 1998 yilda mavjud bo‘lgan 191 mamlakatdan 117 tasi yoki 61, 3% da erkin, yashirin, umumiy teng va nisbatan adolatli saylovlar o‘tkazildi. 1974 yildan keyin 89 ta avtokratiya mamlakatlarida demokratik tartibotga o‘tildi. Bu milliy davlatchilik negizlarini demokratiya bilan bog‘lagan holda amalga oshirilgan paytdagina kutilgan samarani beradi, deyish mumkin.
«Mustaqillik, O‘zbekiston xalqi hayotida yangi tarixiy davrni boshlab berdi. O‘z mustaqilligini, erkini qo‘lga kiritgan har bir xalq o‘z taraqqiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat bunyod etishda o‘z andozasini ishlab chiqishga harakat qiladi» deb ta’kidlagan edi I.A.Karimov. O‘zbekiston ham o‘zining milliy davlatchiligiga xos bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy kamolot va taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Bu: «,,, bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga asoslangan demokratik huquqiy davlatni, fuqarolik jamiyatini barpo etish» degan g‘oyada o‘z ifodasini topdi. Hamda bu jamiyatning oldida turgan maqsadni ta’kidlar ekan.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: «Biz quradigan jamiyat O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklashi: insonning ma’naviy ahloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak». Bu erda gap «umuman demokratik jamiyat qurilishi to‘g‘risida ketmayotganligini aniq hisobga olish muhim. Asosiy maqsad «Fuqarolik jamiyati O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» to‘g‘risida bormoqda. Shuning uchun ham O‘zbekiston qurayotgan demokratik jamiyatning boshqa jamiyatlardan farqli jihatlari, hamda umumiy tomonlarini ham aniqlash muhim. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o‘rganish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Mazkur fan fuqarolarimizning O‘zbekiston jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy va ma’naviy hayotida amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning, mamlakatda belgilab olingan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishga erishish maqsadlari bilan o‘zviy bog‘liqligini his etishga, uning faol ishtirokchilariga aylanishiga yaqindan yordam beradi.
Download 35,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish