Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Fanning asosiy tushunchalari va uning qonuniyatlari



Download 35,29 Kb.
bet2/5
Sana04.06.2022
Hajmi35,29 Kb.
#637038
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

2. Fanning asosiy tushunchalari va uning qonuniyatlari.
Mazkur fan o‘zining mantiqiy tuzilishiga hamda ilmiy tahlil usullari va vositalariga ko‘ra mustahkam nazariy asos hamda manbalarga asoslanadi. Bu o‘rinda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning 1948 yil 10 dekabr da qabul qilgan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» ni keltirish mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaror va qonunlari, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «O‘zbekistonning: o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «Yo‘limiz-mustaqil davlatchilik va taraqqiyot yo‘li», «Istiqlol va ma’naviyat», «O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari», «O‘zbekiston-bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li», «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari», «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz», «O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari», «Biz tanlagan yo‘l - demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik qilish», «O‘zbekiston-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida», «Hayotimizning, taraqqiyotimizning huquqiy asosi», «Parlament jamiyat hayotining ko’zgusi», «Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir», «Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari-eng oliy qadriyat» kabi qator fundamental va ustuvor asarlari, ma’ruzalari, nutqlari, farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham kursni o‘rganishning asosiy manbalari bo‘lib xizmat qiladi.
Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bilan bog‘liq tushunchalar mavjud. Bugungi kunda demokratik qadriyatlarning asosiy tushunchalarini to‘la-to‘kis o‘zlashtirib olish jamiyatni demokratlashtirishning muhim sharti bo‘lib qolmoqda. Ularni o‘rganishda quyidagi uchta jihatni alohida hisobga olish lozim:
1. Ijtimoiy gumanitar fanlarda ishlatiladigan umumiy tushunchalar. Masalan: jamiyat, sivilizatsiya, erkinlik, huquq, qonun, madaniyat, taraqqiyot, demokratiya :
2. Ijtimoiy-siyosiy fanlarda ishlatiladigan tushunchalar bilan yaqin bo‘lgan tushunchalar: huquqiy davlat, xususiy mulk, fuqarolik jamiyati, siyosat, siyosiy hokimiyat, siyosiy tashkilotlar, siyosiy tizim, siyosiy rejim, siyosiy plyuralizm, siyosiy ong, siyosiy madaniyat va boshqalar :
3. Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani o‘rganadigan tayanch tushunchalar: «O‘zbekistonning o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘li», erkinlik, musta-qillik, demokratiya, qonun ustuvorligi, «demokratik davlatchilik», «demokratik jamiyat», «demokratiya», «demokratik jamiyat to‘g‘risidagi qarashlar», «demokratik jamiyatning milliy–ma’naviy negizlari», «milliy-ma’naviy qadriyatlar», O‘zbekiston iqtisodiy hayotining erkin demokratiyalashuvi, ijtimoiy hayot va demokratiya, siyosiy hayotning demokratik tamoyillari, «demokratik qadriyatlar», «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishi», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot», «O‘zbekiston va jahon hamjamiyati», «Milliy davlatchilik va demokratiya» va boshqalar.
Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotini o‘rganish jarayonida yana quyidagi tushunchalar: «liberal demokratiya», «demokratiya va bozor iqtisodiyoti», «demokratiya sharoitida inson huquqlari va erkinligi», «demokratiya va millatlararo munosabatlar», «davlatni demokratik boshqarish», «demokratiyaning asosiy unsurlari» ko‘proq ishlatilishi tabiiy. Bu tushunchalarni har birining o‘ziga xos ma’nosi va mazmuni bor.

Download 35,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish