1-variant
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini
Davlatning tashqi siyosatini.
Fuqarolik jamiyatida inson huquq va erkinliklari himoya qilinadi.
Fuqarolik jamiyati ijtimoiy sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni.
O‘zbekistonda “Fuqarolik jamiyati” fanini o‘qitish qachon ta’lim tizimiga kiritildi?
2016 yilda
2015 yilda
2000 yilda
1991 yilda
Fuqarolik jamiyati tushunchasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan iqtisodiy faoliyatining mahsuli bo‘lib, davlatning rivojlanish darajasini belgilaydigan munosabatdir
Kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadigan ijtimoiy tizimdir.
Qadimgi davrdan shakllanib kelayotgan huquqiy munosabatlaridir.
Jamiyatning ijtimoiy munosabatlari tizimidir.
Fuqarolik jamiyati shakllanishi asoslari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
Huquqiy, ma’naviy.
Ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, huquqiy.
Iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy..
“Mamlakat boshqaruvida to‘rt qoidaga amal qilish kerak: mashvarat, muhokama, qat’iy qaror, tadbirkorlik, ogohlik va ehtiyotkorlikka” degan fikrni qaysi alloma ilgari surgan?
Amir Temur
Abu Ali ibn Sino
Abu Rayxon Beruniy
Abu Nasr Farobiy
“Hukumat boshlig‘ining asosiy vazifasi etib aholining turli qatlamlari, kuchlilar va kuchsizlar o‘rtasida siyosiy va huquqiy adolat mezonini o‘rnatish” deb kim ta’kidlaydi?
Amir Temur
Abu Ali ibn Sino
Abu Rayxon Beruniy
Abu Nasr Farobiy
Qaysi davrdan boshlab fuqarolik jamiyati g‘oyasi demokratiya rivojlanishi bilan chambarchas bog‘lanib kelmoqda?
antik davrda
o‘rta asrlarda
XX asr boshlarida
yangi davrda
Yangi davrda Yevropadagi fuqarolik jamiyati konsepsiyasi shaklanish necha an’anaridan iborat?
ikki
to‘rt
besh
uch
“Davlat – fuqarolik jamiyat” dixotomiyasi kuzatiluvchi konsepsiyalar qaysi davrda shakllangan?
yangi davrda
antik davrda
o‘rta asrlarda
XX asr boshlarida
Fuqarolik jamiyati faqat mustaqil mamlakat doirasida amalga oshishi, haqidagi xulosasini ilgari surgan g‘oyaviy oqim – bu ...
jaddidchilik
liberalizm
marksizm
konservatizm
Fuqarolik jamiyati zamonaviy konseptual diskursining normativ yondoshuvi vakillarini aniqlang.
Aleksis de Tokvil
Endryu Arato
Karl Marks
Nikolo Makiavelli
Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining qaysi yondoshuvi fuqarolik jamiyati a’anaviy jamiyat urnini egallagan yoki zamonaviy jamiyatga xos bo‘lgan belgilarni shakllantiradigan jamiyati sifatida tushuniladi?
taraqqiyot
formatsion
sivilizatsion
modernizatsiya
Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining qaysi yondoshuvi fuqarolik jamiyati kapitalistik tizimga bog‘lanadi va keng va tor ma’nolarda tushuniladi?
formatsion
sivilizatsion
modernizatsiya
taraqqiyot
Rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari demokratik siyosiy faollikni nazarda tutgan holda davlat ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunda siyosiy partiyalar ta’siri va o‘z-o‘zini boshqarish institutlari faolligi tobora ortib boraveradi. Bu jarayondagi asosiy prinsip nomini ko‘rsatib o‘ting?
Inson manfaatlarining muhimligi
Jamiyat manfaatlarini ustuvorligi
SHaxs erkinligi oliy qadriyat ekanligi
Demokratik qadriyatlarning ustunligi
AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliyada qaysi prinsip sabab davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Inson manfaatlarining muhimligi
Jamiyat manfaatlarini ustuvorligi
SHaxs erkinligi oliy qadriyat ekanligi
Demokratik qadriyatlarning ustunligi
Jamoa manfaati nima?
shaxs va oila manfaati;
jamiyatning iqtisodiy manfaati;
guruh manfaati;
kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmui.
Xususiy mulk insonga qanday his baxsh etadi?
o‘ziga ishonch hissini uyg‘otadi
muammolarini engib o‘tadi
o‘z bilimini sinab ko‘radi
moddiy imkoniyatini kuchaytiradi
Fuqarolik jamiyatida davlatning iqtisodiyotga ta’siri qanday?
umuman aralashmaydi
tartibga solishadi.
to‘liq nazorat qiiadi;
boshboshdoqlikning oldini oladi;
Fuqarolik jamiyati rivoji uchun tadbirkorlikning samarasi qanday kuchaytirish mumkin?
qonun vositasida;
fuqarolik institutlariga uyushgan holda
moddiy salohiyat bilaan;
davlat vositasida.
Manbalarda qanday fuqaro haqiqiy fuqaro sanaladi?
to‘laqonli huquqiy hujjatlarga ega bo‘lgan shaxs
jinoyat sodir etmagan shaxs
befarq bo‘lmagan shaxs
o‘z vatani taraqqiyotiga jismoniy yoki ma’naviy mehnati bilan hissa qo‘shgan shaxs
Faol fuqarolik darajasi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
o‘z huquqini amaliy jihatdan himoya qila oladi
mas’uliyatli, ongli va vijdonli
voqea-hodisalarga nisbatan munosabati shakllangan
o‘z haq-huquqlarini chuqur tushunadi
Fuqarolik jamiyatida passiv fuqaro qanday namoyon bo‘ladi?
jamoaviy ishlarda faollik ko‘rsatadi;
faqat davlatga ishonadi;
ijtimoiy munosabatlar va jarayonlarga befarq;
imkoni darajasida faoliyat yuritadi.
Fuqaroviy faollik dastlab qanday ko‘rinishda namoyon bo‘ladi?
siyosiy partiyalar orqali
tadbirkorlik orqali
ko‘ngillilar jamiyatlari vositasida
mahalla faoliyati orqali
Ijtimoiy sheriklik-bu:
Davlat organlari bilan madaniyat muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik
O‘quv yurtlari va sport muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnoma;
Savdo tashkilotlari bilan biznes vakillari o‘rtasida tuzilgan shartnoma;
Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligi;.
25. Ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslari-:
L.Feyerbax, Prudon, Lassal,Parsons va YU.Xabermasning ijtimoiy munosabatlar to‘g‘risidagi nazariyalari
YAshash uchun kurash va tabiiy tanlanish qonunlari;
I.Pavlov va CH.Darvin nazariyalari
Nisbiylik nazariyasi va Boyl-Mariott qonuni.
26 Ijtimoiy sheriklik shakllari-:
Soliq organlari bilan korxona o‘rtasidagi shartnoma;
Bipartizm va tripartizm.
Prokuratura va ichki ishlar organlari o‘rtasidagi shartnoma;
Biznes va madaniyat muassasalari o‘rtasidagi bitim;
27. Ijtimoiy sheriklik sub’ektlari:
Feodallar va krepostnoy dehqonlar;
Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari;
Soliq organlari va biznes vakillari;
Huquqni muhofaza qilish organlari va madaniyat muassasalari o‘rtasidagi bitim
28. Tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro mahsulot almashish g‘oyasi hamda turli ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi kurash muammolarini kim tomonidan tadqiq qilindi?
Bakunin
Trotskiy
Blanki.
Prudon
29. Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari:
Fuqarolik jamiyati institutlari
soliq organlari va prokuratura;
ichki ishlar organlari va moliya idoralari;
Qonunchilik palatasi vasud organlari
30. Jamoatchilik nazoratining maqsadlari:
Savdo tizimidagi narxlarning adolatli ekanini tekshirish
Biznes tuzilmalaridagi suiiste’molliklarni aniqlash;
Davlat hokimiyati organlari faoliyatining qonunlarga mosligini tahlil qilish
Tadbirkorlar faoliyatini taftish qilish;