285. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishiga tegishli?
A) davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
B) ijtimoiy sohani rivojlantirishningustuvor yo‘nalishlari.
C) qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquqtizimini yanada isloh qilishningustuvor yo‘nalishlari.
D) iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
286. O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishida qayd etilgan?
A) qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari.
B) iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
C) ijtimoiy sohani rivojlantirishningustuvor yo‘nalishlari.
D) davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
287. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish Harakatlar strategiyasinnng qaysi yo‘nalishiga tegishli?
A) qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-xuquq tizimini yanada islox qilishning ustuvor yo‘nalishlari.
B) iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
C) davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
D) ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.
288. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishiga kiritilgan?
A) davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
B) iqtisodiyotni yanada rivojtantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
C) qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-xuquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari.
D) ijtimoiy soxani rivojtantirishning ustuvor yo‘nalishlari.
289. 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiyaga kim rahbarlik qiladi?
A) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri
B) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
C) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi
D) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
290. YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishida qayd etilgan?
A) iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish.
B) davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish.
C) ijtimoiy sohani rivojlantirish.
D) qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.
291. O‘zbekiston Oliy Kengashi qachon «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilgan?
A) 1991 yilning 15 fevralida
B) 1992 yilning 15 fevralida
C) 1993 yilning 15 fevralida
D) 1994 yilning 15 fevralida
292. Jamoat birlashmalari nima maqsadda tuziladi?
A) fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqiy hamda erkinliklarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish maqsadida
B) fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish maqsadida
C) fuqarolarning o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari maqsadida
D) barcha javoblar to‘g‘ri
293. «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l quyilmaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. SHuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart». Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan aytilgan yuqoridagi so‘zlar uning qaysi asarida mavjud?
A) Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir
B) O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari
C) Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir
D) Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida
294. «Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular - xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir». YUqoridagi ma’lumotlar Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning qaysi asarida o‘z aksini topgan?
A) Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir
B) O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari
C) Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir
D) Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida
295. Ma’lumki, «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili asosida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlarini yanada chuqurlashtirish, unga mutanosib ravishda huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish (liberallashtirish) konsepsiyasini ishlab chiqilgan edi. Ushbu konsepsiyada qanday yo‘nalishlar belgilab berilgan?
A) mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish; mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish;
B) nodavlat notijorat tuzilmalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish; jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta’minlash;
C) inson huquqlari va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish
D) yuqoridagi barcha javoblar to‘g‘ri
296. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qaysi bobida jamoat birlashmalar haqida so‘z boradi?
A) IX bobida
B) XII bobida
C) XIII bobida
D) XVII bobida
297. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi, deb ta’kidlangan?
A) 56-modda
B) 57-modda
C) 58-modda
D) 59-modda
298. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi, deb qat’iy belgilangan?
A) 56-modda
B) 57-modda
C) 58-modda
D) 59-modda
299. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi, deb ta’kidlangan?
A) 56-modda
B) 57-modda
C) 58-modda
D) 59-modda
300. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir, deb ta’kidlangan?
A) 56-modda
B) 57-modda
C) 58-modda
D) 59-modda
301. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar.
A) 58-modda
B) 59-modda
C) 60-modda
D) 61-modda
302. O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat ...
A) Sud qarori asosidagina amalga oshiriladi
B) Prezident qarori asosidagina amalga oshiriladi
C) Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan amalga oshiriladi
D) Prezident va Senat qarori bilan amalga oshiriladi
303. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamoat birlashmalar haqidagi bobida nechta modda mavjud?
A) 6 ta
B) 7 ta
C) 8 ta
D) 9 ta
304. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasida ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarning soni qanchani tashkil etadi?
A) 8000 taga yaqin
B) 9 mingdan ortiq
C) 9 mingtaga yaqin
D) 10 mingdan ortiq
305. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasida ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda nechta xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda?
A) 19 ta
B) 29 ta
C) 39 ta
D) 49 ta
306. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasida ta’kidlanishicha, 2017 yilda Respublikamizda quyidagi qaysi sohalarda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilindi?
A) “Nuroniy” jamg‘armasi, YOshlar ittifoqi to‘g‘risida
B) O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi to‘g‘risida
C) Savdo-sanoat palatasi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi to‘g‘risida
D) barcha javoblar to‘g‘ri
307. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi”ni tuzish to‘g‘risida SH.Mirziyoev qaysi ma’ruzasida ta’kidlab o‘tgan edi?
A) O‘zbekiston Respublikasi YOshlar Ittifoqini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishdagi ma’ruzasida
B) BMT Bosh assambliyasining 72 sessiyasida
C) Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasi
D) Oliy Majlisga Murojaatnomasida
308. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasida ta’kidlanishicha, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatini xolisona baholashga xalaqit berayotgan omil bu...
A) bugungi kunga qadar davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning aniq huquqiy mexanizmlari yaratilmaganligi
B) bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashini tuzilmaganligi
C) bugungi kunga qadar fuqarolik jamiyati sohasida ilg‘or mamlakatlarning mexanizmlari, yutuqlari mamlakatimizda qo‘llanilmayotganligi
D) bugungi kunga qadar fuqarolik jamiyati sohasini isloh qilishgan qaratilgan qonunlar etarli emasligi va yaroqsizligi
309. Quyidagilardan qaysi birining ta’rificha, hududiy ommaviy jamoa – aholini hududiy mansublik belgisi bo‘yicha tashkil etishning maxsus shakli va odamlarning fuqaroligi va yoshidan qat’i nazar maxsus uyushmasidir?
A) R. Dal
B) Nikolas Luman
C) V.E. CHirkin
D) A.YAkovlev
310. Hududiy jamoa a’zolarining o‘zaro aloqalari murakkab kommunikatsiyalar tizimidan iborat. Quyidagilardan qaysi birining fikricha, kommunikatsiya butunlay ongga bog‘liq bo‘lib, ya’ni kommunikatsiyaning o‘zi emas, balki ongning axborotni qabul qilish funksiyasini bajaradi?
A) R. Dal
B) Nikolas Luman
C) V.E. CHirkin
D) A.YAkovlev
311. 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasinining qaysi yo‘nalishida Korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish haqida gap borgan?
A) birinchi
B) ikkinchi
C) uchinchi
D) to‘rtinchi
312. «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasinining qaysi yo‘nalishida ta’kidlangan?
A) birinchi
B) ikkinchi
C) uchinchi
D) to‘rtinchi
313. 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasinining birinchi yo‘nalishi uchinchi bandiga muvofiq keluvchi javobni belgilang.
1) xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;
2) jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
3) fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;
4) mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish;
5) ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish.
A) 1,2,4,5
B) 1,3,4,5
C) 1,2,3,4
D) 1,2,3,4,5
314. Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish kabi masalalar 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasinining qaysi yo‘nalishida belgilab quyilgan?
A) birinchi
B) ikkinchi
C) uchinchi
D) to‘rtinchi
315. Atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon etkazadigan ekologik muammolarni oldini olish masalasi 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasinining qaysi yo‘nalishida belgilab quyilgan?
A) ikkinchi
B) uchinchi
C) to‘rtinchi
D) beshinchi
316. Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish masalasi 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasinining qaysi yo‘nalishida belgilab quyilgan?
A) ikkinchi
B) uchinchi
C) to‘rtinchi
D) beshinchi
317. Har kishi yolg‘onni desa, lek kam
Bo‘lg‘ay edi kosh bu davronda ham.
Ma’lumki, Alisher Navoiyning ijodi va faoliyati davomida xolis va rost axborot masalasiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, yolg‘on xabar beruvchining ahvoli haqidagi yuqoridagi satrlari allomaning qaysi asaridan olingan?
A) “Saddi Iskandariy”
B) “Layli va Majnun”
C) “Farhod va SHirin”
D) “Hayratul abror”
318. Erursen shoh - agar ogohsen-sen,
Agar ogohsen - sen, shohsen sen.
Alisher Navoiyning qaysi asarida xabarning ijtimoiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilganligini tasdiqlovchi yuqoridagi misralar mavjud?
A) “Saddi Iskandariy”
B) “Layli va Majnun”
C) “Farhod va SHirin”
D) “Hayratul abror”
319. Ma’lumki, har qanday yangilik, xabar haqiqiyligi, xolisligi, to‘liqligi va tezkorligi bilan baholanganligi, uning yordamida halq irodasi yo‘naltirilib turilganidan dalolat beradi. Quyidagilar orasidan qaysi birining agar kishi axborotni birinchi bo‘lib egallasa, jamiyat tizginini egallashi, aynan xabar sabab barcha halokat va falokatlarning oldini olishi haqidagi pandlari bugungi xabar, axborot boshqarayotgan dunyomiz haqidagi bashoratdek ko‘rinadi.
A) Amir Temur
B) A. Navoiy
C) Farobiy
D) Nizomulmulk
320. «Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi eng muhim ustuvor yo‘nalish – bu inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi». YUqoridagi jumlalar Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning qaysi asaridan olingan?
A) O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari
B) O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li
C) Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
D) Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish bizning bosh maqsadimizdir
321. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi bobi Ommaviy axborot vositalari deb nomlangan?
A) XII bob
B) XIII bob
C) XIV bob
D) XV bob
322. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi, deb ta’kidlangan?
A) 17-modda
B) 47-modda
C) 67-modda
D) 97-modda
323. Aynan bir vaqtda qabul qilingan qonunlarni ko‘rsating.
A) “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”
B) “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”
C) “Reklama to‘g‘risida”, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”
D) “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”
324. O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan qachon qabul qilingan?
A) 2006 yil 28 iyunda
B) 2006 yil 30 noyabrda
C) 2007 yil 15 yanvar
D) 2008 yil 1 yanvar
325. O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonuni Senat tomonidan qachon ma’qullangan?
A) 2006 yil 28 iyunda
B) 2006 yil 30 noyabrda
C) 2007 yil 15 yanvar
D) 2008 yil 1 yanvar
326. O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonuni qachondan kuchga kirgan?
A) 2006 yil 28 iyunda
B) 2006 yil 30 noyabrda
C) 2007 yil 15 yanvar
D) 2008 yil 1 yanvar
327. O‘zbekiston Respublikasining «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi va «Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlari qachon qabul qilingan?
A) 1993 yil 7 may
B) 1996 yil 30 avgust
C) 1997 yil 24 aprel
D) 1998 yil 25 dekabr
328. 1) “Axborotlashtirish to‘g‘risida” 2) “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida” 3) “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida” 4) “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” 5) “Reklama to‘g‘risida” 6) “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida” 7) “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” 8) “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida” 9) “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” 10) “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”. YUqoridagi qonunlarni qabul qilingan sanasiga muvofiq javobni belgilang.
a) 1993 yil 7 may b) 1996 yil 30 avgust d) 1997 yil 24 aprel e) 1997 yil 24 aprel f) 1998 yil 25 dekabr g) 1999 yil 20 avgust h) 2002 yil 12 dekabr i) 2006 yil 20 iyul j) 2007 yil 15 yanvar k) 2014 yil 6 may
A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-f, 6-g, 7-h, 8-i, 9-j, 10-k
B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-k, 5-f, 6-g, 7-h, 8-i, 9-j, 10-e
C) 1-a, 2-b, 3-k, 4-e, 5-f, 6-g, 7-h, 8-i, 9-j, 10-d
D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-k, 6-g, 7-h, 8-i, 9-j, 10-f
329. “Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi... ularning faoliyati samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan zarur me’yoriy-xuquqiy baza, iqtisodiy va huquqiy kafolatlar yaratilgani ham bu sohadagi katta ishlarimizdan bo‘ldi”. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyatidagi roliga alohida to‘xtalgan ushbu fikrlari qaysi asaridan olingan?
A) O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari
B) O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li
C) Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
D) Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish bizning bosh maqsadimizdir
330. Respublikamizda istiqomat qilayotgan ko‘p millatli mushtariylarning talab va istaklari inobatga olingan holda bosma ommaviy axborot vositalari nechta tilda nashr etilmoqda?
A) 7 ta
B) 10 ta
C) 12 ta
D) 16 ta
331. “Har kim davlat chegaralaridan qat’iy nazar har qanday axborotni olish va tarqatish huquqiga ega ekanligi” Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning nechanchi moddasida ta’kidlangan?
A) 13-moddasida
B) 15-moddasida
C) 17-moddasida
Do'stlaringiz bilan baham: |