A) barcha javoblar to‘g‘ri
B) fuqarolar totuvligiga erishish yo‘llarini izlash
C) aholining turli guruhlari manfaatlarini hisobga olish
D) qarama-qarshiliklarga barham berish va nizolarning oldini olish
29. Quyidagi qaysi omil fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim rol o‘ynagan?
A) totalitar va avtoritar tuzumlarning paydo bo‘lishi
B) tabaqaviy imtiyozlarning tugatilishi va fuqarolik huquqlarining paydo bo‘lishi
C) qarama-qarshiliklarga barham berish va nizolarning oldini olish imkoniyatini paydo bo‘lishi
D) fuqarolar totuvligiga erishish yo‘llarini paydo bo‘lishi
30. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tushunchasi qachon paydo bo‘lgan?
A) XVII asrda
B) XVIII asrda
C) XIX asrda
D) XX asrda
31. Quyidagi qanday davlatda xavfsizlikni ta’minlash huquqiy tartibotni muhofaza qilish, odamlar xulq-atvori davlat belgilagan huquqiy qoidalarga muvofiqligini ta’minlash faoliyatidan iborat bo‘ladi, davlat hokimiyatiga tatbiqan xavfsizlikni davlat xavfsizligi va fuqarolik jamiyati xavfsizligiga ajratish muammosi yuzaga kelmaydi?
A) totalitar
B) demokratik
C) avtoritar
D) unitar
32. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar, deb ta’kidlangan?
A) 2-modda
B) 7-modda
C) 11-modda
D) 12-modda
33. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi, deb belgilab qo‘yilgan?
A) 2-modda
B) 7-modda
C) 11-modda
D) 12-modda
34. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi, deb belgilab qo‘yilgan?
A) 2-modda
B) 7-modda
C) 11-modda
D) 12-modda
35. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi bayon etilgan?
A) 2-modda
B) 7-modda
C) 11-modda
D) 12-modda
36. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb uqtirilgan?
A) 2-modda
B) 7-modda
C) 11-modda
D) 13-modda
37. Ma’lumki, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi. Birinchi bosqich qaysi yillarni o‘z ichiga oladi?
A) 1989-1999 yillar
B) 1990-2000 yillar
Do'stlaringiz bilan baham: |