Fuqarolik jamiyati fanidan o’quv uslubiy majmua bakalavriat barcha ta’lim yo’nalishlari uchun urganch-2020 Mundarija



Download 4,01 Mb.
bet8/249
Sana10.02.2022
Hajmi4,01 Mb.
#442101
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   249
Bog'liq
Узб рив стр Fuqarolik jamiyati MAJMUA (2) (2)

Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda davlatning bosh islohotchilik o‘rni. birinchidan, mamlakatda huquqiy davlat qurish demakdir. Chunki, faqat huquqiy davlat sharoitidagina fuqarolik jamiyati qurish uchun shartsharoitlar yaratiladi. O‘z o‘rnida, huquqiy davlat ham o‘z shakllanish jarayonida fuqarolik jamiyati sari rivojlanish natijalaridan oziqlanadi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati – bu bir medalning ikki tomonidir: bu ikki tomon bir butunlikni tashkil etadi. Ikkinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining shakllanishi va yashashi uchun huquqiy asoslarning yaratib berilishidir. Uchinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanib, bo‘y cho‘zishi uchun davlat tomonidan ularni ijtimoiyiqtisodiy jihatlardan muhofaza qilish demakdir; To‘rtinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu fuqarolik jamiyatining shaklanishi va rivojlanishi uchun davlat tomonidan ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlanishidir. Chunki, fuqarolik jamiyati faqat va faqat ijtimoiy barqaror muhitdagina shakllanadi yoki rivojlanadi; Beshinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi o‘rta sinfni shakllantirish siyosatini olib borishdir. Chunki, fuqarolik jamiyati g‘oyasi, uni shakllantirish o‘rta sinf tashabbusi bilan boshlangan edi. Qolaversa, o‘rta sinf jamiyatda ko‘payib borishiga mutanosib ravishda fuqarolik jamiyatining institutlari rivojlanib boradi.
Albatta, O‘zbekistonda davlatning bosh islohotchiligi natijasi o‘laroq nafaqat fuqarolik jamiyati, balki huquqiy davlat ham shakllanadi. Huquqiy davlat unsurlari paydo bo‘lishi bilan fuqarolik jamiyati tuzilmalari shakllana boshlaydi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini yaxshi idrok etish uchun “huquqiy davlat” tushunchasini bilishga ehtiyoj tug‘iladi.
O‘zbekistonda ham Milliy mustaqillikning ilk davridan boshlab ijtimoiy huquqiy davlat qurish asosiy strategik maqsad darajasiga ko‘tarildi. Birinchi Prezident I.A.Karimov o‘tgan asrning 90yillari boshidayoq quyidagi vazifalarni belgilagan edi: «Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti O‘zbekistonning davlat suverenitetining iqtisodiy asosi sifatida olingan, u respublika ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi bosqichiga hamda o‘ziga xos sharoitlariga eng ko‘p darajada muvofiq keladi»17.
Mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy ijtimoiy islohotlarning bosqichmabosqich rivojlanib borishining asosiy sabablaridan biri ham kuchli ijtimoiy siyosatni qo‘llashga muhim ahamiyat berilganligidir. Shu tufayli ham jamiyatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlanib, davlatning islohotlarni izchillik bilan o‘tkazishi uchun shartsharoitlar tug‘ildi. Keyingi davrlarda MDH davlatlari rahbarlarining ko‘pchiligi O‘zbekistonning bu sohadagi tajribasidan keng foydalana boshladi.
O‘zbekistonda Milliy mustaqillik davriga kelib milliy an’analar hamda demokratik qadriyatlarga asoslangan yangi tipdagi davlat hokimiyatini shakllantirish imkoniyatlari tug‘ildi. Yangi o‘zbek milliy davlatchiligi sohasidagi islohotlar Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning besh tamoyili asosida amalga oshirildi. Davlat hokimiyatini yangidan shakllantirish uchun, avvalo, yetuk va rivojlangan davlatlardagi siyosiy tizimning tuzilishi va amal qilish prinsiplarini shakllanish tajribasi va tarixiy milliy an’analar asos qilib olindi. Respublikada Milliy mustaqillik asoslarini yaratishga doir islohotlar jahondagi ilg‘or rivojlangan mamlakatlar tajribasi va o‘zbek xalqi mentalitetiga xos bo‘lgan an’analarni uyg‘unlashtirish asosida kecha boshladi. Mamlakatda davlatning bosh islohotchi sifatida yangi jamiyat qurishning milliy va demokratik qadriyatlarga doir huquqiy asoslarining yaratish sohasidagi faoliyati muhim strategik maqsadga fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratildi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston sobiq ittifoq davrida ham milliy, ham yakkahokim mafkura zulmi ostida yashadi. Totalitar tuzum O‘zbekistonda bir necha ming yillar mobaynida rivojlanib kelgan milliy qadriyatlar va milliy madaniy merosni butunlay inkor etib keldi. Sotsializm davrida fuqarolik jamiyatining oddiy bir unsurlari ham shakllanmadi. Jamiyatni partiya va davlat o‘z ichiga «yutib» yuborgan edi. Totalitar tuzumdan qolgan mutelik ruhiyati mustaqillik davrida ham doimo o‘zini namoyon qilib keldi.
Milliy mustaqillikning dastlabki davridan boshlab O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanishining huquqiy asoslarini yaratishga kirishildi. Sobiq ittifoq davrida partiya tevaragida faoliyat yuritgan jamoat birlashmalari, ijodiy uyushmalar, turli jamg‘armalar mafkuraviy mazmunlardan xalos etildi, ularning aksariyat qismi qaytadan tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston uchun butunlay yangi bo‘lgan ko‘p partiyaviylik tizimining hamda turli ijtimoiysiyosiy va milliy nodavlat notijorat tashkilotlarning shakllanish davri boshlandi.



Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish