Fuqarolik jamiyati fanidan o’quv uslubiy majmua bakalavriat barcha ta’lim yo’nalishlari uchun urganch-2020 Mundarija



Download 4,01 Mb.
bet16/249
Sana10.02.2022
Hajmi4,01 Mb.
#442101
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   249
Bog'liq
Узб рив стр Fuqarolik jamiyati MAJMUA (2) (2)

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonavin shakllarini ri­vojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish. Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga konstitutsiyaviy maqom berilgan. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshsarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. (O‘zbekiston Resnublikasi Konstitutsiyasi, 32-modda)
Bunday ishtirok etish ... davlat organlarining faoliyati usti­dan jamoatchilik nazoratini rivojlantirshi va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jamoatchilik nazoratining shakl­lanishi va rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Bir tomondan, jamoatchilik nazoratining rivoj­lanishi fuqarolik jamiyatining rivojlanishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sari jamoatchilik nazorati uchun kengrok imkoniyat va istiqbollar paydo bo‘ladi. Rivojlangan va keng quloch yoygan jamoatchilik nazoratini fuqarolik jamiyatisiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, fuqarolik jamiyatining rivojlanishiii ham jamoatchilik nazoratisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamoatchilik nazoratining mavjudligi va qanchalik keng tarmoq yoygani, aytish mumkinki, fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasidan guvohlik beruvchi eng muhim mezonlardan biridir.
Fuqarolik jamiyati jamoatchilik nazorati rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishining sababi shundaki, tom ma’nodagi samarali, mustaqil va xolis nazoratni iqtisodiy va siyosiy jihatdan erkin fuqarolar va ularning birlashmalarigina amalga oshirishi mumkin.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, moder­nizatsiya sharoitida jamoatchilik nazorati mazmunida muhim o‘zgarishlar o‘z ifodasini topadi. Bu esa, faoliyat sub’ekti bo‘lgan har bir shaxs o‘z zimmasiga muayyan majburiyatlarni olish bilan birga, boshqalardan, davlat hokimiyati organlaridan ularning zimmasidagi majburiyatlarni, vazifalarni bajarishlarini talab qilish huquqini beradi.
Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining zarurligini buyuk faylasuflar ham asoslab berishgan. Masalan, Aristotel o‘zining asarlarida xalqning mansabdor shaxslar va xukmdorlar ustidan nazoratini davlatning siyosiy barqarorligi hamda gullabyashnashining eng muhim shartlaridan biri deb hisoblagan.
Jamoatchilik nazoratining maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining mavjud qonunlarga mosligini tekshirishdan iborat. Jamoatchilik nazo­ratining sub’ektlari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, mahalla va boshqa jamoat birlashmalari hisoblanadi.
Jamoatchilik nazoratining eng muhim shartlaridan hisoblanadigan «Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining oshkoraligi to‘g‘risida»gi qonun 2013 yilda qabul qilingan va uni bajarish bo‘yicha 2013-2014 yillarda Samarqand va Buxoro viloyatlarida o‘tkazilgan eksperiment ijobiy natijalar bergan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bunday oshkoralikni butun mamlakat miqyosida ta’minlash uchun asos yaratdi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda. Birinchidan, davlat o‘zining bosh boshqaruv sub’ekti maqomini saqlagan xolda, jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni yangi asosga o‘tkazmoqda. Endi davlat o‘zining muayyan funksiyalarini, bir qator vakolatlarini, huquq va resurslarni jamoat tashkilotlariga o‘tkazmoqda. SHu yo‘l bilan davlat jamoat tashkilotlarining o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ikkinchi tomondan, jamiyat jamoat tashkilotlarini rivojlantirish orqali ularning ulkan salohiyatini mamlakatni boshqarish yo‘nalishida faollashtirmoqda. Endi davlat fuqarolar bilan munosabatlarni yangicha asosga o‘tkazish uchun yangi tipdagi munosabatlar, ya’ni shartnoma va boshqa munosabat­larni siyosiy, ma’muriy-buyrukbozlik munosabatlari o‘rniga tadbiq etmoqda.
Harakatlar strategiyasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari jamoatchilik nazorati yordamida davlat organlariga xalaqit bermagan xolda davlat boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirishga, korrupsiyaga qarshi salohiyatini oshirishga, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga katta yordam ko‘rsatadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro munosabatlari bir tomondan fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazorat shaklida bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ijtimoiy sheriklik shaklida ham bo‘ladi. Bu ikki shaklni tanganing ikki tomoniga o‘xshatish mumkin.
Ijtimoiy sheriklik davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi munosabatlarning yangi shakli bo‘lib, u rivojlangan mamlakatlarda XX asrning birinchi yarmida vujudga keldi. Insoniyat tarixida qilingan eng ulkan ijtimoiy ixtirolardan biri ijtimoiy sheriklikdir. Bu ixtiro kashf etilguniga qadar insoniyat tarixida isyon va qo‘zg‘olonlar, ijtimoiy taranglik va qonli oqibatlar bilan tugagan larzalar tez-tez yuz berib turdi. Ijtimoiy sheriklik nazariyasining vujudga kelishi va ijtimoiy amaliyotga tadbiq etilishi larzalarning keskin kamayishini ta’minladi. Insoniyat tarixida ana shunday buyuk rol o‘ynagan nazariya mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyin O‘zbekistonda ham jamiyat hayotiga keng tadbiq etila boshladi. U hayotga nafaqat tadbiq etildi, balki uning nazariy asoslari boyitildi va amaliy jihatlari rivojlantirildi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurati to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, jumladan, shunday deyiladi: «Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi».
O‘zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunida ijti­moiy sheriklikning sub’ektlari va maqsadlari quyidagicha ta’riflangan: «Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan, tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir».
O‘zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunida dav­lat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy sheriklik sub’ektlari sifatida belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolik jamiyati institutlari jamoatchilik fikrini ifodalaydi, jamoatchi­lik nazoratini amalga oshiradi. Jamoatchilik nazoratining mavjudligi demokratik davlatning asosiy belgisi sanaladi. Bir tomondan, jamoatchilik nazorati davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, fuqarolarni davlat organlari, mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilish mexanizmi vazifasini utaydi.
Jamoatchilik nazorati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiring (har bir fuqaro davlat idorasining hujjati bilan bemalol tanishishi mumkin, fuqarolarning murojaatlari darhol ko‘rib chiqilishi va ularga zudlik bilan javob beri lishi lozim);
davlat hokimiyati va o‘zini uzi boshqarish organlariga yuboriladigan petitsiyalar;
davlat va jamiyat ishlarida fuqarolarning bevosita qatnashishi (asosan mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati orqali amalga oshiriladi);
davlat siyosatiga ta’sir o‘tkazuvchi ilmiy-tadkikot ishlari olib borish, ilmiy ekspertizani amalga oshirish, tahliliy hujjatlar tayyorlash, publitsistik asarlar chop etish, ijtimoiy audit);
jurnalistik tekshiruv;
qonun loyihalari va davlat hayotiga oid muhim masalalarni oshkora muhokama qilish;
qonunchilik tashabbusi bilan chiqish (unga ko‘ra fuqarolar qonun loyihasini tegishli sub’ektlarga tavsiya etish huquqiga ega).
Jamoatchilik nazorati jamiyatdagi illatlarni bartaraf etishda muhim o‘rin tutadi, mavjud huquqbuzarliklarning oldini olishda samarali xizmat qiladi. Jamoatchilik nazoratida faoliyatning samaradorligi va natijasi, shuningdek, amalga oshirilgan nazorat amaliyotining ta’sirchanligi muhim o‘rin tutadi. Bu jihatdan jamoatchilik nazorati jamiyatda mavjud muammolar va o‘z echimini kutayotgan ziddiyatlar haqida ob’­ektiv ma’lumot olish hamda ularning maqbul echimini topishga xizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, jamoatchilik nazoratining samaradorligini oshirishda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutadi.

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish