5. YUridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.
Davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boыщa barcha normativhuquqiy hujjatlarida fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlash va insonparvar huquqiy demokratik davlat barpo etish asosiy mak,sad qilib qo‘yilgan. Buning uchun mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilaetgan islohotlar davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash yaqqol misoldir. Mazkur vazifalarni hayotga tadbiq, etishda yuridik xizmat muhim rol uynaydi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi qisqa davr ichida yuridik xizmat hodimlarining huquq va burchlarini tartibga solish, qonuniylikni ta’minlashda ularning roli va mas’uliyatini oshirish zaruriyatidan kelib chiqib, bir qator qonunlar va boshqa normativhuquqiy hujjatlar qabul qilindi.
YUridik xizmatning shartnomaviy munosabatlarni huquqiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish sohasidagi vazifalari va huquqlari O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviyhuquqiy oazis i to‘g‘risida»gi Qonunida belgilab qo‘yilgan.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jamiyatda qonunchilikka rioya etilishida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi, shartnomaviyhuquqiy va talabnomada’vo ishlarini amalga oshiradigan yuridik xizmatlari doimiy ko‘maklashib kelmoqda.
SHu bilan birga, yuridik xizmatlarning hodimlari qonun buzilishining oldini olish hamda ular bo‘yicha o‘z vaqtida choralar qurish uchun etarli va ta’sirchan vakolatlarga ega emasliklari sababli ularning faoliyati kutilgan samarani, yuridik xizmatlarni tashkil etishning tartibi, ularning shtat birliklarini belgilash me’yor va mezonlarining mavjud emasligi turli davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarning tashkiliy shtat tuzilmasini oqilona belgilashni ta’minlashga imkon bermayapti.
YUridik xizmatlar tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ishlari samarali tashkil etilmagan. Mazkur sohadagi ishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan aniqlangan kamchilik va qonun buzilishlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni qurish bilan cheklanmoqda.
YUqoridagilardan kelib chiqib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, salbiy holatlarning to‘g‘ri qonuniy echimini togshsh maqsadida harakatlar strategiyasida bu masalaga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish, yuridik xizmat sohasini yanada takomillashtirish maqsadida 2017 yil 19 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «YUridik xizmat faoliyatshsh tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2733-son Qarori qabul qilindi. Qarorda yuridik xizmatlar tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ishlarini samarali tashkil etish, yuridik xizmat hodimlarining moddiy ta’minot darajasi, mazkur sohaga oliy yuridik ma’lumot va amaliy tajribaga ega yuqori malakali qadrlarni jalb qilish, yuridik xizmatlar ishining sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning roli va javobgarligini izchillik bilan kuchaytirish kabi masalalar begilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyam, «Advokatura to‘g‘risida»gi, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunlari, shuningdek, Jinoyat protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va boshqa normativhuquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi asosida advokatura instituti takomillashtirilishi nazarda tutilgan.
Jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarining qurilishida advokatning rolini kuchaytirish maqsadida quyidagi ishlar ko‘zda tutilmoqda:
Advokat tomonidan dalillarni tuplash vaularni jinoyat ishi materiallariga kushish mexanizmы takomillashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi tutrisida»gi qonunining 4moddasida, «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunining 6-moddasida advokatlar sudlarda, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chikayotgan organlarda dalil sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tuplash huquqi egadirlar, deb belgilangan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 87-moddasida «himoyachi dalillar sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni: ishga taalluqli axborotga ega bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so‘rov yuborish hamda ulardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali tuplashga xaqli» ekani qayd etilgan. Endilikda Harakatlar strategiyasi asosida advokatlarning dalillarni tuplash va ularni jinoyat ishi materiallariga kushish tartibi takomillashtiriladi.
Sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshsa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumotmaslax,atlarini surash va olish tartibi aniqlashtiriladi, O‘zbekiston Respublikasi «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunining 6moddasida, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida advokatlarning huquq, va vakolatlari keltirilgan bo‘lib, ushbu huquqlarni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida aniq berilmagan. Masalan, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunining 4moddasida «Muayyan ishni olib borishga advokatning vakolatli ekanligi order bilan tasdiqlanadi» deb keltiriladi. Advokatlar so‘rovnoma bilan davlat organlari, tashkilotlari yoki muassasalariga murojaat qilganida so‘rovnomaga advokatlik orderi ilova qilinmaganligi vaji bilan yuk,orida keltirilgan qoidaga asoslanib, so‘rovnomani javobsiz koldirish holatlari uchrab turadi. SHu kabi tushunmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida Harakatlar strategiyasi asosida sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organi va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnoma va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumotmaslahatlarini surash va olish tartibi aniqlashtiriladi.
Advokatura institutini yanada musta\kamlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:
1. Advokatlarga hakamlik sudlarida %akam sifatida ishtirok etish huquqini berish. Advokatlarni nizolashuvchi taraflarning o‘zaro kelishuviga muvofiq nizoni hakamlik sudida ko‘rib chiqish uchun hakamlik sudi sudyasi sifatida tanlash imkoni berilmoqda. Natijada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi nizolarga davlat aralashuvi minimallashadi, nizolarni sudgacha xal qilish tartibi keng kullanilishiga erishiladi.
2. Advokat so‘rovini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini aniqlashtirish.
Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) organlari tizimini isloh etish, bu borada qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish fuqarolikhuquqiy va xo‘jalik nizolarini oldini olishga qaratilgan institut sifatida notarial idoralarni yanada rivojlantirishga, aholiga qulay va sifatli huquqiy yordam ko‘rsatilishiga, notarial idoralarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishga, notarial idoralar va FXDYO organlari faoliyatiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishga xizmat qilishi shubxasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |