Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi ko‘rashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish. Hozirgi kunda terrorizm va diniy ekstremizm xavfidan hech kqaysi davlat, jumladan, eng rivojlangan davlatlar ham kafolatlanmagan. Jahonda yuz berayotgan turli ko‘ngilsiz voqealar, qon to‘kishlar, jumladan, Iroq va Suriyada faoliyat yuritayotgan terrorchi guruh 2014 yilda o‘zini ISHID (Iroq va SHom islom davlati) deb atab, islom dinidan niqob sifatida foydalanib, siyosiy va boshqa tajovuzkor maqsadlarda turli og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etmoqda. Sir emaski, ISHID terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq bir qancha jinoyatlar sodir etayotgan diniy ekstremistiq, terroristiq jinoiy uyushmadir. ISHID Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham uz ta’sirini o‘tkazishga o‘rinmoqda. Afrika, U rta SHark va Markaziy Osiyodagi 15 dan ortiq diniy ekstremistiq va terrorchilik tashkilotlari ISHIDning xattiharakatlarini qo‘llab-quvvatlab, ularga yordam berib kelmoqda.
So‘nggi yillarda dunyoning turli mamlakatlarida, xususan, Fransiya, Belgiya. Germaniya, Turkiya, Pokistonda yuz bergan terrorchilik harakatlari diniy ekstremizm, terrorizm kabi tahdidlarning kuchayib borayotganidan dalolat beradi. Markaziy Osiyo mintaqasida diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi ko‘rashish, bu turdagi jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, ularning oldini olish tobora dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa bizga qo‘shni bo‘lgan Afg‘onistonda terrorchi guruhlarning tinchlik va xavfsizlikka real tahdid tug‘dirib kllayotgani masalaning naqadar jiddiy ekanini anglatadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi ko‘rashish borasida etarli tajriba va huquqiy baza shakllangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi «Terrorizmga qarshi ko‘rash to‘g‘risida» gi qonuni, 2004 yil 26 avgustdagi 66011-son «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi ko‘rashish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi, shuningdek, mamlakatimizda BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va qator xorijiy davlatlar hukumatlari o‘rtasida imzolangan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi ko‘rashish to‘g‘risidagi qator hamkorlik memorandumlari diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi ko‘rashishda mustahkam huquqiy asos vazifasini o‘tamoqda.
2017 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasining IIV, DXX, DBK, Bosh proko‘ratura, Mudofaa vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar ishtirokida diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi ko‘rashish amalieti hech kimda zarracha x;am shubxr bo‘lmasligi kerak mamlakatimiz suvereniteta va mustaqilpigiga xavf tug‘diradigan ichki va tashsi kuchlarning har qanday xrrakatlariga, har qanday o‘rintilariga satiy va munosib zarba beriladi.
Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi ko‘rashishga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ushbu sohadagi jinoyatchilikka qarshi ko‘rash bo‘yicha samarali usullarni ishlab chikdtsh imkonini beradi. Davlat organlari hodimlari, ta’lim muassasalari o‘quvchilari va jamoatchilik o‘rtasida terrorizm, ekstremizm va boshqa jinoiy faoliyatning oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktiktushuntirish tadbirlarini o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Kompleks profilaktiktushuntirish tadbirlari bir qator radio va teledasturlar tashkil etish orqali aholining barcha qatlamlarini qamrab olish, jamiyatda terrorizm, ekstremizm va jinoiy faoliyatning oldini olishga qaratilgan boshqa ishlarning samarali tizimi yaratilishiga, ushbu sohada davlat organlari va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirishga imkon beradi.
YUqorida keltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq yot va zararli g‘oyalar ta’siridan ogoxlantirish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlari, korxona, muassasa va tashkilotlar, shu jumladan, ta’lim muassasalari doirasida targibottashvikot ishlari yanada takomillashtiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |