Tayanch so‘zlar: Inson, jamiyat, davlat, konstitutsiya, demokratiya, fuqarolik jamiyati, demokratik institutlar, jamoat birlashmasi, nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar yig‘ini, kasaba uyushmasi, davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy sheriklik, milliy qadriyat, fuqarolik madaniyati, faollik, ishtirok, mas’uliyat, javobgarlik.
1. Demokratik institutlar rivoji fuqarolik jamiyati talabi.
Demokratik tamoyillarga amal qilib, fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilgan jamiyatda fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng jalb etish, faol ishtirokini ta’minlash asosiy siyosiy maqsadga aylanadi. Bu, demokratik institutlarning rivojini xarakterlovchi muhim mezondir. Shu ma’noda, «Demokratiya, deb yozadi Birinchi Prezident Islom Karimov, – inson, jamiyat, davlat degan uch sub’ekt o‘zaro birbirini to‘ldiradigan, birbirini boyitib, kerak bo‘lsa, nazorat qilib turadigan tizim demakdir. Bu har qaysi insonning jamiyat bilan, jamiyatning esa davlat bilan munosabatini, ular o‘rtasidagi muvozanatni anglatadi»102.
Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekistonda xalqni davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlashning siyosiyhuquqiy asoslarini yaratilishiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda yangi demokratik jamiyat asoslariga o‘tish, totalitarizmdan meros bo‘lib qolgan davlat va fuqaro munosabatlariga barham berish siyosatning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Qisqa davrda mamlakatda «fuqaro jamiyat davlat» tizimi qonuniy asosga qo‘yildi. Bu – siyosiy jihatdan keng va atroflicha tahlilga ega bo‘lgan jarayon. Chunki, uning mohiyati jamiyatda demokratik jarayonlarni amalga oshirishni nazarda tutadi, eng muhimi, fuqaro manfaati bilan davlat hokimiyatini boshqarish o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Bu jamiyatda, insonning barcha huquqlari: xususan, davlat ishlarida qatnashish; e’tiqod erkinligi; yig‘ilishlar; uyushmalar erkinligini amalda ta’minlash siyosiy voqelikka aylanadi. «Fuqaro» va «davlat» munosabatlaridagi mavjud begonalashish jarayonlariga barham berilib, ularni davlat hokimiyatini boshqarishga bo‘lgan mas’ulligi hamda davlatning fuqarolar oldidagi javobgarligi vujudga keldi. Jumladan, bosh Qomusimizning 32moddasida belgilab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar103 deb, belgilab qo‘yiladi. Bunday imkoniyat jamiyatda demokratik institutlarning rivoji bilan ta’minlanadi.
Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan an’anaviy, ijtimoiysiyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin104.
Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, demokratik tamoyillar rivojida fuqarolik institutlari faoliyatiga keng o‘rin beriladi, ular jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, davlatning e’tiboridan chetda qolgan muammolarni belgilash va bartaraf etishda davlat institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Bugungi kunda,O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular jumlasiga asosiy xujjatlar sifatida, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida” (1991y.), “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992y.), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996 y.), “Jamoat fondlari to‘g‘risida” (2003 y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004 y.), “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991 y), “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007 y), “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” (1997 y), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida” (2014 y) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini e’tirof etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |