Strata – (lot.stratum)qatlam.
Struktura (lotincha “structura” –“tuzilma”, “tuzilish”) – ob’yektning bir butunligini va uning o‘ziga o‘zi aynanligini, ya’ni turli ichki va tashqi o‘zgarishlarda o‘zining asosiy xususiyatlarini saqlay olishini ta’minlovchi barqaror aloqalar yig‘indisidir.
Subordinatsiya – (lot.) tartibga keltirish; xizmat intizomi qoidalariga tegishli holda martaba darajalari bo‘yicha kichik mansabdorlarni katta mansabdorlarga bo‘ysunishiga qat’iy amal qilish.
Suveren – fran. souveraimoliy so‘zidan olingan bo‘lib, oliy, suverenitetga ega bo‘lish, mustaqil,qaram bo‘lmagan ma’nolarini beradi.
Suverenitet – (fran. “souveränität”) davlatning ichki ishlar va tashqi munosabatlarda xorijiy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymagan holdagi mustaqilligi va muxtoriyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |