Mustaqil bosma OAV lari –davlat boshqaruvidan holi bo‘lgan, o‘zining fikr va so‘z erkinligini ro‘yobga chiqaruvchi, lekin bunda o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik doirasidagina olib boruvchi ommaviy axborot vositalaridir.
Nizom muayyan davlat yoki jamoat tuzilmalarini tashkil etish tartibini, tuzilishi, vazifasi, funksiyalari va vakolatlarini belgilovchi kodekslashtirilgan normativ hujjat hisoblanadi.
Nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |