Fuqarolik jamiyati fanidan o’quv uslubiy majmua bakalavriat barcha ta’lim yo’nalishlari uchun urganch-2021



Download 3,9 Mb.
bet19/149
Sana31.03.2022
Hajmi3,9 Mb.
#520046
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   149
Bog'liq
СТРАТЕГИЯ МАЖМУА

Sudning mustaqilligi va beg‘arazligi, sud protsesi tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tadbiq etish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tasdiqdangan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 2.1-bandida boshqa masalalar qatori sudyalarning mustaqilligi va beg‘arazligi prinsipining so‘zsiz amal qilishini ta’minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Xususan, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 2.1-yo‘nalishida sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba 5 yillik, keyin 10 yillik muddatini va shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash nazarda tutilgan. Bu tadbirning amalga oshirilishi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sud tizimida etuk, uz burchiga sadokatli professional sudyalar korttusini shakllantirish va sudyalar faoliyatini hokimiyatning boshqa organlari ta’siridan xoli qilish manfaatlariga xizmat qiladi. Bu o‘z navbatida, sud ishlarining mustaqil va beg‘araz sudya tomonidan ko‘rib chiqilishini, ishlarning adolatli va xolisona xal qilinishini ta’minlaydi.
Davlat dasturida nazarda tutilganidek, sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini belgilash sud tizimida katta hayotiy va kasbiy tajribaga ega bo‘lgan sudyalarni sakdab qolish va ularning salohiyatidan yosh sudyalarni tarbiyalash hamda kasbga o‘rgatish jarayonida keng foydalanish orqali odil sudlovni amalga oshirish sifatini yanada ko‘tarish va sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish bu kengash faoliyatida sudyalarning faol ishtirok etishi, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash manfaatlariga xiz­mat qiladi. Bu, o‘z navbatida, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish borasidagi sud raislari vakolatlarining bekor qilinishiga olib kelib, natijada sudyaning sud raislari tazyiqisiz ishlarni xal qilishi va muayyan ishlarni mazmunan ko‘rib chiqishda chinakam mustaqil bo‘lishiga olib keladi.
Sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlardan ma’lumotlar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumot va maslahatlarini olish tartibining takomillashtirilishi advokatga o‘ziga yuklatilgan vazifani samarali amalga oshirishi, o‘z himoyasida bo‘lgan shaxs yoki ishonch bildiruvchining huquqlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan barcha uslublaridan foydalanishi uchun shart-sharoit yaratadi.
«Xabeas korpus» institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish. «Xabeas korpus akt» yuridik qoidasi dastlab XV asrda Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan bo‘lib, keyinchalik o‘z taraqqiyoti jarayonida Angliya Parlamenti tomonidan 1679 yil 26 mayda qabul qilingai konuida mustahkamlab qo‘yilgan. Shuni aytish kerakki, «Xabeas korpus» instituti inson huquqi bilan bog‘liq qator xalqaro huquqiy hujjatlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasida «har bir inson unga Konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga ega» ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.
«Xabeas korpus» institutining O‘zbekiston Respublikasi jinoyatlarni ko‘rib chiqish protsessiga bosqichma-bosqich joriy qilinishi sudga qadar ish yuritishda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkiiliklari daxlsizligini, ulardan sud qarorisiz mahrum qilishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim xaqli emasligini mustahkamlovchi konstitutsiyaviy prinsipni to‘liq amalga oshirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishoichli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar dasturida «Xabeas korpus» institutini qo‘llash doirasini kengaytirish va tergov ishi yuritilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirish maqsadida pochtatelegraf junatmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respubli­kasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-son Farmonida belgilangan vazifalar bo‘yicha kelgusida sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish:
sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi;
sudlarda elektron hujjatlar aylanishini tezlashtiradi;
sudlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni tuplash, ishlash, tizimlashtirish va ularning saqlanishini ta’minlaydi;
fuqarolar va tashkilotlarning elektron vositalar orqali sudga murojaat qilish imkoniyatini yaratib, ularga ortiqcha harajatlar sarflashning oldini oladi;
elektron vositalar orqali sud muhokamasi qatnashchilarini xabardor qilish va ularga sud hujjatlarini hamda boshqa xatxabarlarni yuborish imkoniyatini yaratadi;
sud ishi yurituvi bilan bog‘liq pochta harajatlari va boshqa harajatlarni qisqartiradi;
sud ishi yurituvini elektron shaklda olib borish sud qarorlari va boshqa kerakli hujjatlarni darxol qabul qilish yoki uzatish imkonini beradi, shuningdek, sudlarda qog‘ozsiz hujjat aylanishini joriy etishga olib keladi.
sud ishi yurituvida elektron arxivlash tizimini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish nafaqat sud organlari faoliyati samaradorligining oshishiga, balki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan odil sudlovning oshkoraligi va hamma uchun ochiqligi prinsiplarini hamda sud hokimiyati faoliyatining ochiqligini amalda ta’minlashga, fuqarolarning sudlar tomonidan qabul qilingan qarorlar haqidagi axborotlardan xabardor bo‘lib borishiga, ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari qisqa muddatlarda sudlar tomonidan himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.



Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish