4mavzu. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish. Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. Odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish. Jinoyatchilikka qarshi ko‘rashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish. YUridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish. “Kafolatlangan xavfsizlik”, “adolat qo‘rg‘oni”, “o‘z bolangni o‘zing asra” tushunchalarning mazmuni va amalda qo‘llanilishi.
5mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida investitsiyalar va innovatsion g‘oyalar. Iqtisodiyotga innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqilishi. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish. Tadbirkorlikni qo‘llabquvatlashning zamonaviy mexanizmlari. “Har bir oila tadbirkor” tamoyili. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlar. Soliq va bojxona siyosatini takomillashtirish va optimallashtirish. Soliq yukini kamaytirish. Soliq va bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish.
6mavzu. Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish
Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha “iste’mol savatchasi”ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish. Arzon uyjoylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘ltransport, muxandislikkommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlarining qabul qilinishi va amalga oshirilishi. Maktabgacha, umumiy o‘rta, kasbhunar va oliy ta’lim tizimidagi tub o‘zgarishlar. Ilm sohasida innovatsion yondoshuvni rivojlantirish. YOshlar kelajagimiz davlat dasturining amalga oshirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |