Huquqiy madaniyat – umumiy madaniyatning muhim qismi. Huquqiy madaniyat tarixan asta – sekin shakllangan ijtimoiy voqea bo‘lib, hozirgi davrda ilg‘or huquqiy davlatlarning va ularning fuqarolarining zaruriy xislati va taraqqiyot omiliga aylangan.
SHok terapiyasi (iqtisodiyotda) – iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan qator salbiy oqibatlarni (narxlarning o‘sishi, inflyasiya, bandlikning pasayishi va shunga o‘xshash boshqa holatlar) o‘z ichiga oluvchi radikal choratadbirlar majmuasi.
Evolyusiya (lotin tilidan tarjimasi – boshlash, vujudga kelish) – tizimning rivojlanish jarayonini anglatadigan tushuncha bo‘lib, birinchi galda jamiyatga xosdir. Unga ko‘ra, jamiyatda astasekin yuz berayotgan o‘zgarishlar tizimga, uning tuzilmalari tashkil qilinishi va funksiyalari sifatli o‘zgarishiga olib keladi.
Egalitarizm fran. egalitetenglik; umumiy tenglashtirishni jamiyatni tashkil etishning prinsipi g‘oyasiga asoslangan ijtimoiysiyosiy fikr yo‘nalishlaridan biri.
Elat bir tilda so‘zlashuvchi, o‘ziga xos madaniyati mavjud bo‘lgan va ma’lum hududda yashaydigan hamda muayyan maqsad asosida birlashgan va o‘z tuzilmasiga ega bo‘lgan ijtimoiytarixiy birlik tushuniladi. Elat — kishilarningtil, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi.
Elektoral lot. electorsaylovchi; saylanadigan, tanlanadigan.
Elektorat – saylovlarda ma’lum siyosiy partiyaga (siyosiy lider)ga ovoz beruvchi saylovchilar davrasi; ma’lum bir saylov okrugi yoki mamlakat saylovchilari majmui.
Elektron huqumat – (angl. eGovernment) – bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlari va davlat xizmatchilariga axborotni taqdim qilish va shakllanib bo‘lgan davlat xizmatlarining to‘plamini ko‘rsatish usulidir, bunda davlat va arizachi o‘rtasidagi o‘zaro shaxsiy aloqa minimallashtirilgan va imkon boricha maksimal ravishda axborot texnologiyalardan foydalaniladi. Elektron huqumat – mamlakat miqyosida boshqaruv jarayonlarning butun majmuasini avtomatlashtirishga asoslangan hamda davlat boshqaruvining samaradorligini sezilarli darajada oshirish va jamiyatning har bir a’zosi uchun ijtimoiy kommunikatsiyalar harajatlarini kamaytirish maqsadiga xizmat qiluvchi davlat boshqaruvi elektron hujjat almashinuvi tizimi. Elektron xuqumatni yaratish hujjatlarni va ularni ishlash jarayonlarini boshqarish bilan bog‘liq vazifalarning to‘liq ko‘lamini hal etishni amalga oshiruvchi ijtimoiy boshqaruvining umumdavlat taqsimlash tizimi qurilishini nazarda tutadi.
Emissiya fr. émission – chiqarish; pul emissiyasi muomalaga yangii pullarni chiqarish, muamaladagi pul hajmini ko‘paytirish. Emissiya naqd yoki naqd pulsiz bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |