Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro boqliqligi va uslubiy
jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Fuqarolik jamiyati”, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani falsafa, tarix, huquqshunoslik, ma’naviyat asoslari, milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, pedagogika, psixologiya kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bevosita aloqador.
“Fuqarolik jamiyati”, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining ta’limdagi o‘rni
Bugungi kunda mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari izchil davom ettirilmoqda. Qonun ustuvor bo‘lgan, fuqarolarning erkin va qonun asosida faoliyat yuritishni ta’minlashga qaratilgan va hokimiyatni boshqarishda xalqning bevosita ishtirokini ta’minlashga qaratilgan chinakam fuqarolik jamiyatigani shakllantirish va rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan “Fuqarolik jamiyati” fanini o‘qitish zaruriyati tug’ildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |