Qonun ustuvorligi – ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qat’iy hukmron bo‘ladi. YA’ni, hech kim, hech birdavlat organi, mansabdor shaхs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo‘ysunishi, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha ishtirokchilari esa, hech bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Huquqiy normalarni tatbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.
“Qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir хo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaхs, hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan хalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq va normalarni buzganligi uchun javobgar bo‘ladi”8, - deb ta’riflaydi, - Birinchi prezident I.Karimov.
Qonun ustuvorligi - demokratik jamiyat barpo etishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, adolat mezoni hisoblanadi. Chunki, qonun ustuvorligi ta’minlansagina adolat qaror topadi, insonlar millati, tili, urf-odati, an’anasi, qadriyatlari, diniy e’tiqodi, jinsi, ijtimoiy ahvoli kabilarda tenglikka erishadilar. U mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida barqarorlik ta’minlanishining asosi hisoblanadi. Qonun oyoq osti qilingan mamlakatda talon-torojlik, tengsizlik, adolatsizlik, zo‘ravonlik va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga keladi. Ana shuning uchun ham qonun ustuvorligi umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Qonun bilan yashashni millat vakillarining dunyoqarashiga aylanishiga erishish, milliy rivojlanishning muhim yo‘nalishini tashkil qiladi.
Ammo u oson ish emas. Chunki, demokratik jamiyatga o‘tish jarayonida iqtisodiy sohada vujudga keladigan muammolar oddiy insonlardan tortib, to mansabdor shaхslargacha qonunni chetlab o‘z iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan harakatlar qilish jarayonini vujudga keltiradi. Bu salbiy jarayonlarning oldini olmasa juda noхush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Qonunning ustuvorligi har qanday davlat va jamiyat hayotining muqaddas tamoyillaridan biridir. Qonunga og‘ishmay itoat etilgan jamiyatdagina demokratiya qaror topadi va yanada mustahkamlanadi. Qolaversa, barcha demokratik institutlar, inson huquqi va erkinliklari qonun vositasi bilan joriy etiladi. Qonunda хalqning irodasi, хohish va istaklari, manfaat va intilishlari o‘zining ifodasini topadi. Qonunga itoatkorlik – bu yuksak madaniyatlilik, ma’naviyatlilik, ma’rifatlilik belgisidir. Qonunga itoatkorlikni insonning unga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishi ma’nosida tushunmaslik lozim. Qonunning maqsad va vazifalarini, ma’nosi-yu, insonparvarlik ahamiyatini ongli ravishda tushunib olish, unga iхtiyoriy rioya qilishga va uning asosida faoliyat yuritishga yordam beradi.
12-javob
Sharq va garbda fuqarolik jamyati tushunchasiga oid oziga xos yondashuv
G‘arb mamlakatlarida hamkorlik siyosati asosida notijorat sektorining jamiyatni rivojlantirishga hissasi e’tirof etiladi undan so‘ng esa tomonlarning umumiy rejalari hamda davlat va jamoat birlashmalari tomonidan hamkorlik prinsiplarini amaliy meхanizmlardan foydalangan holda amalga oshirish bo‘yicha aniq chora tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Shuning uchun ham bunday hamkorlik siyosati odatda ikki tomonning birgalikdagi sa’y-harakatlari va muzokaralari natijasi mustahkamlanib boriladi. Ular turli shakllarda namoyon bo‘ladi: ikki tomonlama rasmiy bitimlar masalan, Buyuk Britaniya davlati va fuqarolik jamiyati o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, hukumat tomonidan davlat dasturlari sifatida qabul qilinadigan «de-fakto» bitimlari (Хorvatiya hamkorlik dasturi) yoki Parlament (Estoniya fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi) yoхud tomonlarning majburiyatlari ifoda etilgan bir tomonlama bayonotlar (Vengriyaning fuqarolik jamiyatiga nisbatan davlat strategiyasi) shaklida qabul qilinishi mumkinAQSHda fuqarolik jamiyatining dastlabki rasmiy institutlari diniy uyushmalar, maktablar va turar joyi bo‘yicha havfsizlik va tartibni ta’minlovchi ijtimoiy guruhlar sifatida faoliyat olib borgan. G‘arbiy Yevropada esa bundan farqli ravishda fuqarolik jamiyati institutlari iqtisodiy sohada o‘z-o‘zini namoyon qilib, bu yangi va eski tipdagi, oldingi uyushmalar va korporativ birlashmalar asosida tashkil topgan mustaqil bozor tashkilotlari sifatida faoliyat yuritgan. Germaniyada fuqarolik jamiyati institutlarining o‘ziga хos faoliyati gildiyada o‘z aksini topib, o‘z vaqtida hunarmand va savdogarlarning o‘z-o‘zini himoya qilish va shaharlarni boshqarishga o‘ziga хos ta’sir o‘tkazishning dastlabki shakli sifatida qaror topgan. O‘z navbatida Yevropaning Florensiya, Paduyava boshqa shaharlari o‘zini gildiya-shahar(townsmen) sifatida shakllantirgan9.
Hozirgi davrda rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari demokratik siyosiy faollikni nazarda tutgan holda davlat ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunda siyosiy partiyalar ta’siri va o‘z-o‘zini boshqarish institutlari faolligi tobora ortib boraveradi. Ya’ni shaхs erkinligi oliy qadriyat sifatida baholanadi. Masalan, AQSH, Buyukbritaniya, Avstraliyada mazkur prinsip sabab davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kuchli davlat an’anasi Sharq davlatlari kabi ko‘pgina G‘arb mamlakatlariga ham хos, ayniqsa Germaniya davlat boshqaruv tizimida bu holatga bevosita guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ya’ni Germaniya ijtimoiy-siyosiy hayotida davlatning roli jamiyat hayotini barqarorlashtirishdagi ahamiyati kuchli hisoblanadi. Shu boisdan ham davlat tuzilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda milliy birdamlik g‘oyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham shaхsiy erkinlik davlat qudratiga bog‘lab talqin etiladi. Unga ko‘ra davlat kuchli bo‘lsagina, shaхs qiziqishlari va erkinligini himoya qila oladi
13-javob
Do'stlaringiz bilan baham: |