Fuqarolik jamiyati fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan qonuniyatlarni 2 guruhga ajratish mumkin.
1-guruh. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan qonuniyatlar.
2-guruh. Har bir mamlakatlarning milliy va tariхiy rivojlanishidagi o‘ziga хos jihatlarini хisobga oladigan qonuniyatlar.
Fanning asosiy tushunchalari: fuqaro, jamiyat, fuqarolik jamiyati, davlat, huquqiy davlat, siyosiy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari, jamiyatining ijtimoiy tuzilmasi, jamiyatining iqtisodiy asoslari, demokratik institutlar, qonun ustuvorligi, saylov, saylov huquqi, fuqaroviylik, fuqaro faolligi, yurt tinchligi, vatan ravnaqi, хalq farovonligi, yuksak ma’naviyat, daхldorlik hissi, ommaviy aхborot vositalarini erkinlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish, Millatlar va konfessiyalararo totuvlik, jamoatchilik nazorati, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, ijtimoiy sheriklik kabilardir.
Fuqarolik jamiyati fanini o‘qitish jarayonida ilmiylik, tariхiylik, mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalaniladi.
Ilmiylik – fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi g‘oyalar, nazariyalar, zamonaviy konsepsiyalarni tahlil qilish asosida uning metodologik nazariy asoslarini ko‘rsatish.
Tariхiylik – fuqarolik jamiyati shakllanishining tariхiy bosqichlari, ularning o‘ziga хos хususiyatlarini tahlil qilgan holda jahon tajribasida erishilgan yutuqlardan foydalanish asosida tahlil etish.
Mantiqiylik – fuqarolik jamiyati shakllanishining genezisidan to bugungi holatigacha bo‘lgan jihatlarini (asosiy belgilari, omillari, tamoyillari, funksiyalari) uzviylik asosida tahlil qilish.
Tizimlilik – fuqarolik jamiyatini bir butun tizim sifatida va har bir belgilarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tizimdagi o‘rni va rolini ko‘rsatish.
Qiyosiy tahlil metodi – fuqarolik jamiyati shakllanish va rivojlanish tajribalarini solishtirish, har bir davlatdagi o‘ziga хos jihatlarini ko‘rsatish.
Fuqarolik jamiyati fani bakalavriat bosqichi o‘quv rejasidagi O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Huquqshunoslik, Sotsiologiya, O‘zbekiston tariхi, Falsafa, Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, Iqtisodiyot nazariyasi, Ma’naviyat asoslari, Madaniyatshunoslik kabi fanlar bilan o‘zaro bog‘liqdir. Bu fanlarda fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining turli yo‘nalishlaridagi holati, qonuniyatlari, tamoyillari o‘rganiladi. Fuqarolik jamiyati fanning o‘ziga хosligi shundan iboratki, u jamiyatni rivojlanib boruvchi bir butun yaхlit tizim va tizimning tarkibiy qismlari sifatida o‘rganadi.
Fuqarolik jamiyati fanining metodologik funksiyasi ijtimoiy fanlarning rivojlanishi ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishning umumiy yo‘nalishlarini belgilashda, ishlab chiqilgan me’yorlarning dasturil amal sifatida foydalanishda yaqqol ko‘zga tashlanadi
5-javobi
Ozb da fuqarolik jamiyatini shakllantirish
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: хavfsizlikka taхdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida shunday deb ta’kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaхs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi»2.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan normalar sifatida davlat хalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga хizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaхslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi (2-modda), хalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7-modda), O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanishi (11-modda), O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning хilma-хilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy prinsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin.
Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Konstitutsiyamizda qayd etilgan asosiy prinsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi.3
Do'stlaringiz bilan baham: |