a n i q l a d i :
Qo’shtepa tuman prokurori B.Qo’ziboeva manfaatini ko’zlab sudga ariza bilan murojaat qilib, Qo’ziboev Sherxon Shokirovichni muomala layoqatini cheklashni so’ragan.
Sudda arizachi vakili sifatida so’ralgan Marg’ilon shaxar prokurori katta yordamchisi A.Mamadjanov arizani quvvatlab, fuqaro B.Qo’ziboeva Qo’shtepa tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, o’g’li Sh.Qo’ziboev ko’p spirtli ichimlik ichishi oqibatida oilasini og’ir axvolga solib qo’yayotgani sababli uni muomalaga layoqatini cheklashda amaliy yordam so’raganini, arizani o’rganish jarayonida Sh.Qo’ziboev bir necha yillardan buyon “alkagolga qaramlik, o’rta bosqich, yuqori progradien tip kechishi, 2-bosqich doimiy ichish formasi” tashxisi bilan viloyat narkalogiya dispanserida doimiy nazoratga olinganini, fuqaro Sh.Qo’ziboev bir necha yillardan buyon spirtli ichimliklar iste’mol qilib kelganligi natijada oilasini og’ir moddiy axvolga solib qo’yayotgani aniqlanganini bildirib, Qo’ziboev Sherxon Shokirovichni muomala layoqatini cheklashni so’radi.
Manfaatdor shaxs B.Qo’ziboeva arizani quvvatlab, Sh.Qo’ziboev uning o’g’li ekanligini, o’g’li Sh.Qo’ziboev bilan shu kunga qadar bir oilada yashab kelishini, o’g’li Sh.Qo’ziboev ko’p spirtli ichimliklar ichishini, uydagi asbob-anjomlarni sotib yuborishini, oilasini moddiy tomondan og’ir axvolga solib qo’yayotganini bildirib, arizani qanoatlantirishni so’radi.
Uchinchi shaxs Qo’shtepa tuman Tibbiyot birlashmasi va Sh.Qo’ziboev sud majlisining vaqti va joyi to’g’risida tegishli tartibda xabardor qilinishiga qaramasdan sud majlisida hozir bo’lmadi. Shu sababli, sud, ishni O’zbekiston Respublikasi FPKning 220-moddasiga asosan uchinchi shaxslarning ishtirokisiz ko’rishni lozim topdi.
Sud, ishda to’plangan hujjatlarni tahlil qilib, taraflar va prokuror fikrini tinglab, ish uchun ahamiyatga ega bo’lgan holatlarni o’rganib, quyidagi asoslarga ko’ra, arizani qanoatlantirishni lozim topdi.
O’zbekiston Respublikasi FKning 31-moddasiga ko’ra spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o’z oilasini og’ir moddiy ahvolga solib qo’yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qo’yilishi mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro mayda maishiy bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. U boshqa bitimlarni homiyning roziligi bilangina tuzishi, shuningdek ish haqi, pensiya va boshqa daromadlar olishi hamda ularni tasarruf etishi mumkin.
Ish hujjatlaridan ko’rinishicha va sudda aniqlanishicha, Qo’ziboev Sherxon Shokirovich Qo’shtepa tuman narkologiya dispanseri “D” nazoratida “alkagolga qaramlik, o’rta bosqich, yuqori progradien tip kechishi, 2-bosqich doimiy ichish formasi” tashxisi bilan nazoratda turadi. Statsionar tartibda Farg’ona viloyat ruxiy asab kasalliklari shifoxonasi va Farg’ona viloyat narkalogiya dispanserida davolangan, biroq chiqqan zahoti yana spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni davom ettirgan.
Qo’shtepa tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy ko’p tarmoqli poliklinikasi narkolog vrach M.Bo’riboevning bergan ma’lumotiga ko’ra Sh.Qo’ziboevning “alkagolga qaramlik, o’rta bosqich, yuqori progradien tip kechishi, 2-bosqich doimiy ichish formasi” bilan kasallangani o’z tasdig’ini topgan.
Sud majlisida Qo’ziboev Sherxon Shokirovichning surunkali ichkilikka ruju qo’yganligi oqibatida o’z oilasini qiyin moddiy ahvolga solib qo’yayotgani o’z tasdig’ini topdi.
Bunday holatda, sud, arizani qanoatlantirib, Qo’ziboev Sherxon Shokirovichni muomala layoqatini cheklashni lozim deb topadi.
Yuqoridagilarga asosan, sud, O’zbekiston Respublikasi FPKning 249-253 moddalarini qo’llab,-
Do'stlaringiz bilan baham: |